Dasturning mazmuni


Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni tasarruf etish xususiyatlari


Download 1.98 Mb.
bet101/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

3. Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni tasarruf etish xususiyatlari.

Saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan tez buziladigan tovarlar, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar, ularning davlat daromadiga o’tkazilishi to’g’risida qaror qabul qilinganidan qat’i nazar, iste’molga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi bo’yicha ekspertiza xulosasi va uni baholash vaqtidan boshlab bir sutka mobaynida olib qo’ygan organning mansabdor shaxsi tomonidan sud ijrochisi ishtirokida sotish uchun berish dalolatnomasi bilan savdo tashkilotlariga sotish uchun beriladi.

Bunda tovarlarni sotishdan tushgan mablag’lar tovarni davlat daromadiga o’tkazish yoxud uni qaytarish to’g’risida ijro hujjati olingunga qadar sud ijrochilarining tegishli bo’limlaridagi depozit hisob raqamlariga o’tkaziladi.

Yuqorida ko’rsatilgan tovarlarning iste’molga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqsizligi to’g’risida ekspertiza tomonidan xulosa chiqarilgan taqdirda uni olib qo’ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi sud ijrochisi, sanitariya-epidemiologiya stantsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi vakillari va xolis guvohlar ishtirokida iste’mol qilish, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan mol-mulkni “Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni olib qo’yish, sotish yoki yo’q qilib tashlash tartibi to’g’risida”gi Nizomda nazarda tutilgan barcha talablar bajarilgan holda yo’q qilib tashlaydi.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va qurol-yarog’larni olib qo’yish, ekspertizadan o’tkazish, saqlash va ular bilan bog’liq boshqa xatti-harakatlar, shuningdek ularni hisobga olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling