Dasturning mazmuni


Download 1.98 Mb.
bet109/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

Tayanch so’z va iboralar: Ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish vakolatiga ega bo’lgan organlar, sudyalar, ichki ishlar organlari, Davlat soliq xizmati organlari, Davlat statistika organlari, bojxona organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar, temir yo’l, havo va suv transporti organlari.
1.Ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish vakolatiga ega bo’lgan organlarning vakolati.

Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ta’luqliligi bo’yicha nazoratini olib borish yuklatilgan organlar yuritadilar. O’z vakolatlari doirasida tegishli tartibda ma’muriy jazo choralarini ham qo’llaydilar. Biroq mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga muvofiq mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarning yurituvini tegishliligi bo’yicha fuqarolik va ma’muriy ishlar bo’yicha sudyalarga taqdim etadilar. Mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni yuritish davomida jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlansa, ish yopiladi va ish yurituvi prokurorga topshiriladi.

Mamuriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni:

1) tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo’yicha sudyasi, xo’jalik sudlari, fuqarolik ishlari bo’yicha sudlar;

2) shaharcha, qishloq va ovul fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qoshidagi ma’muriy komissiyalar;

3) voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalari;

4) ichki ishlar (militsiya) organlari (mansabdor shaxslari), davlat inspeksiyasi organlari (mansabdor shaxslari) va mamuriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeks bilan vakolat berilgan boshqa organlar (mansabdor shaxslar) ko’rib chiqadilar.

Ma’muriy komissiyalar va voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar o’z vakolatlariga kiradigan mamuriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni komissiya tarkibi a’zolarining kamida yarmi bo’lganida ko’rib chiqishga hamda ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning maxsus qismida ko’zda tutilgan ma’muriy jazolarni o’z vakolatlari doirasida qo’llashga va oddiy ko’pchilik ovoz bilan qaror qabul qilishga haqlidirlar.




Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling