Dasturning mazmuni
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
Davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni hisobga olish DAFTARI
Jadvalning davomi
Mol-mulkni yo’q qilib tashlash to’g’risida _____-son DALOLATNOMA 200__ yil "___" __________ ___________ tuman (shahar) Yo’q qilish soat ____daqiqada ____ boshlandi Yo’q qilish soat ____daqiqada ____ tugatildi __________________________________________________________________ (mol-mulki yo’q qilinayotgan yuridik (jismoniy) shaxsning nomi) Biz, quyida imzo chekuvchilar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni olib qo’yish, sotish yoki yo’q qilib tashlash to’g’risidagi nizomga muvofiq hamda 200__ yil "___" __________dagi ___-son ijro hujjati asosida 200__ yil "___" __________dagi ___-son olib qo’yish protokoliga muvofiq olib qo’yilgan quyidagi mol-mulkni yo’q qilib tashlashni amalga oshirdik:
Yo’q qilib tashlash usuli ____________________________________________________ Yo’q qilib tashlangan joy ____________________________________________________ 1. Sud ijrochisi ______________ ____________________________________________ 2. Mol-mulkni olib qo’yishni amalga oshirgan vakolatli organning mansabdor shaxsi ____________ _____________________________________________ 3. Sanitariya-epidemiologiya xizmati organi vakili _______________ ________________________________________ 4. O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi vakili ______________ ________________________________________ 5. Saqlash uchun javobgar shaxs (tashkilot vakili) _____________ ________________________________________
_________________ _______________________________ Yo’q qilib tashlanadigan mol-mulkni hisobga olish DAFTARI
Jadvalning davomi
19- MAVZU: OLIB QO’YILGAN MOL-MULKNI DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANINING MANSABDOR SHAXSI TOMONIDAN UNI SAQLASH UCHUN JOYLASHTIRISH MASALASI HAL QILINISHI. REJA: Ma’muriy huquqbuzarlikka doir ashyolar va hujjatlarni olib qo’yishning umumiy shartlari. Ma’muriy huquqbuzarlikka doir ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish tartibi. Olib qo’yilgan ma’muriy huquqbuzarlikka doir ashyolar va hujjatlarni rasmiylashtirish. Amaliy mashg’ulot. Tayanch so’z va iboralar: Ma’muriy huquqbuzarlikka doir ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish, ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish to’g’risidagi bayonnoma, haqini to’lash sharti bilan olib qo’yish, musodara qilish 1.Ma’muriy huquqbuzarlikka doir ashyolar va hujjatlarni olib qo’yishning umumiy shartlari. Ashyo hamda hujjatlarini olib qo’yish tartibi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Huquqbuzarlarni ushlash, shaxsiy ko’rikdan o’tkazish yoki ashyolarini ko’zdan kechirish vaqtida aniqlangan huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyolar bo’lmish ashyo va hujjatlar MJTKning 287 va 289-moddalarida nazarda tutilgan organlarning mansabdor shaxslari tomonidan olib qo’yiladi. Olib qo’yilgan ashyo va hujjatlar ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar ko’rib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qo’yish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish ko’rib bo’linganidan keyin esa, uni ko’rib chiqish natijalariga qarab, bu ashyo va hujjatlar belgilangan tartibda musodara qilinadi yoki egasiga qaytarib beriladi yoxud yo’q qilib yuboriladi, ashyolar haq to’lab olib qo’yilgan taqdirda esa — sotib yuboriladi. Bojxona qoidalari yoki soliq va valyuta to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, basharti huquqbuzar O’zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo’lmasa, jarima undirilishini ta’minlash maqsadida uning ashyolari (qimmatli buyumlari) olib qo’yilishi mumkin. 2.Ma’muriy huquqbuzarlikka doir ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish tartibi. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan soliq tekshiruvi o’tkazilayotgan vaqtda ma’muriy huquqbuzarlikka doir hujjatlar va huquqbuzarlik predmetlari Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori asosida olib qo’yilishi mumkin. Soliq to’lovchining faoliyatini to’xtatib qo’yishga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo’yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi. Hujjatlar va predmetlarni tungi vaqtda — soat 23-00 dan 6-00 gacha — olib qo’yish man etiladi. Soliq tekshiruviga taalluqli bo’lmagan hujjatlar va predmetlarni olib qo’yish man etiladi. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlar va predmetlarni olib qo’yish boshlanguniga qadar olib qo’yish amalga oshirilayotgan shaxsga hujjatlarni va predmetlarni olib qo’yish to’g’risidagi qarorni taqdim etadi hamda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlari va predmetlari olib qo’yilayotgan shaxsga ularni ixtiyoriy ravishda topshirishni taklif etadi, u bosh tortgan taqdirda esa majburan olib qo’yish choralarini ko’radi. Hujjatlarni va predmetlarni olib qo’yish soliq to’lovchi ishtirokida amalga oshiriladi. Hujjatlarni va predmetlarni majburan olib qo’yish xolislar hamda soliq to’lovchi ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda olib qo’yilayotgan barcha hujjatlar va predmetlar xolislarga hamda olib qo’yishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga ko’rsatiladi. Hujjatlar asl nusxa yoki soliq to’lovchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan ko’chirma nusxalar ko’rinishida olib qo’yiladi. Soliq to’lovchi hujjatlari ko’chirma nusxalarining olib qo’yilishi soliq nazoratini amalga oshirish uchun yetarli bo’lmagan hollarda hamda davlat soliq xizmati organlarida hujjatlarning asl nusxalari yo’q qilinishi, yashirilishi, tuzatilishi yoki almashtirilishiga yetarli asoslar bo’lgan hollarda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlarning asl nusxasini olib qo’yishga haqli. Hujjatlarning asl nusxalari olib qo’yilayotganda ulardan ko’chirma nusxalar tayyorlanadi, bu nusxalar davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va kimdan olib qo’yilgan bo’lsa, o’sha shaxsga beriladi. Hujjatlarni olib qo’yish bilan bir vaqtning o’zida ulardan ko’chirma nusxa tayyorlash yoki tayyorlangan ko’chirma nusxalarni berish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi ularni hujjatlari olib qo’yilgan shaxsga olib qo’yilgan kundan e’tiboran besh kun ichida beradi. Qolgan hollarda soliq to’lovchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan hujjatlarning ko’chirma nusxalari olib qo’yiladi. Hujjatlar va predmetlarni olib qo’yish ashyolar (hujjatlar)ni olib qo’yish to’g’risidagi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan ro’yxatlarda hujjatlar va predmetlarning nomi, miqdori hamda alohida belgilari, imkoni bo’lganda esa predmetlarning qiymati ko’rsatilgan holda sanab o’tilishi va tavsiflanishi lozim. Hujjatlar va predmetlarni olib qo’yish to’g’risidagi bayonnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan biri hujjatlar va predmetlar kimdan olib qo’yilgan bo’lsa, o’sha shaxsga topshirilib, tilxat olinadi. Bayonnomani qabul qilishdan bosh tortilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunday holda bayonnomaning bir nusxasi hujjatlari va predmetlari olib qo’yilgan shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi hamda u jo’natilgan kundan e’tiboran uch kun o’tganidan so’ng topshirilgan hisoblanadi.
Ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxsi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi. Ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish to’g’risida davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari tomonidan bayonnoma tuziladi, unda quyidagilar ko’rsatilishi kerak: a) tuzilgan vaqti va joyi; b) bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; v) ashyo va hujjatlar egasi va ashyo va hujjatlar olib qo’yilgan shaxs to’g’risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid ma’lumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati bo’lmagan hollar bundan mustasno; g) ashyo va hujjatlarni olib qo’yishda ishtirok etgan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlar, agar ular bo’lsa; d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni; e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; j) huquqbuzarning tushuntirish xati; z) olib qo’yilayotgan har bir ashyoning nomi va miqdori, uning o’ziga xos belgilari (og’irligi, uzunligi va boshqalar). Qimmatli qog’ozlarni olib qo’yishda olib qo’yilgan qimmatli qog’ozlarning umumiy miqdori, ularning turi va qimmatli qog’ozlarning emitenti to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi; i) olib qo’yilayotgan ashyo va hujjatlarning saqlanishi ta’minlanishi, shu jumladan, ham ashyolarning o’zini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qo’yish, agar bu ishlar amalga oshirilgan bo’lsa. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari olib qo’yish to’g’risidagi protokol to’g’ri tuzilganligi, shuningdek unda ushbu bandda nazarda tutilgan barcha ma’lumotlar ko’rsatilishi uchun javobgar bo’ladi. Ashyo va hujjatlar olib qo’yilgandan keyin davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxsi tomonidan bir sutka muddatda ashyo va hujjatlarni saqlash uchun joylashtirish masalasi hal qilinadi. Bunda, olib qo’yilgan ashyo va hujjatlar, qoidaga ko’ra, saqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti (keyingi o’rinlarda Sud departamenti deb yuritiladi)ning hududiy boshqarmalari ashyoni sotish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishga belgilangan tartibda shartnomalar tuzgan va ashyoni saqlash uchun tegishli joylarga ega bo’lgan savdo tashkilotlariga beriladi. Saqlash uchun maxsus shart-sharoitlarni talab qiladigan boshqa mol-mulk (avtotransport vositasi, dori vositalari, zargarlik buyumlari va hokazolar) saqlash uchun: saqlash uchun mas’ul shaxs belgilangan holda vakolatli organning; Ashyolarni mas’uliyatli saqlashning belgilangan normalariga muvofiq bo’lgan maxsus ombor binolari, asbob-uskunalar va shart-sharoitlarga ega bo’lgan boshqa korxonalar va tashkilotlarning binolari, maydonchalari, omborlariga joylashtirilishi mumkin. Mol-mulkni saqlash uchun mas’ul bo’lgan shaxslar (tashkilotlar) uni saqlash shartlariga rioya etishga va tegishli shart-sharoitlarni ta’minlashga majburdirlar hamda mol-mulkning buzilishi, shikastlanishi, o’zlashtirilishi, kamomadi, yashirilishi va yo’q qilinishi uchun to’liq moddiy javobgar bo’ladilar va boshqacha javobgarlikka tortiladilar. Saqlash uchun qabul qilish-topshirish to’g’risida vakolatli organ mas’ul mansabdor shaxsining hamda mol-mulkni saqlashga qabul qilgan shaxsning imzolari bilan tasdiqlangan uch nusxadagi mol-mulk ro’yxati bilan dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Ashyo va hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olgan shaxs ashyo va hujjatlar o’zlashtirilishi, kamomadi, yashirilishi, yo’q qilinishi yoki unga shikast yetkazilganligi uchun javobgarlik, shu jumladan, jinoiy javobgarlik to’g’risida ogohlantiriladi, bu haqda qabul qilish-topshirish to’g’risidagi dalolatnomada ashyoni saqlash uchun qabul qilib olgan shaxsning imzosi qo’yilgan yozuv qayd etiladi. Ashyolar saqlashga topshirilgungacha uning saqlanishi uchun mas’uliyat mol-mulkni olib qo’ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi zimmasiga yuklanadi. Olib qo’yilgan ashyolarning istemol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan o’tkazish, shuningdek uni baholash maqsadida mansabdor shaxs uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa - bir sutka mobaynida ekspert va baholovchini tayinlaydi, baholovchini jalb etmasdan baholashi mumkin bo’lgan hollar bundan mustasno. Soliq, bojxona organlari hamda surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan olib qo’yilgan mol-mulkni baholashda moliya organlari vakillari majburiy tartibda qatnashadilar. Ko’char mulkni olib qo’ygan mansabdor shaxslar avtomototransport vositalaridan tashqari uni faqat, agar alohida olib qo’yilgan mol-mulkning qiymati eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan ortiq bo’lmasa, mol-mulkning jami qiymati esa eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdoridan ortiq bo’lmagan taqdirda baholovchini jalb etmasdan mustaqil baholashi mumkin. Mol-mulkni baholash baholovchi tomonidan baholash kunida amal qilgan narxlar bo’yicha ichki bozorda talab va taklif kon’yunkturasining mavjud ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bojxona qonun hujjatlari buzilganligi munosabati bilan olib qo’yilgan avtomototransport vositasini baholashda uning qiymati bojxona qiymatidan kelib chiqib, biroq "erkin muomala uchun chiqarish" bojxona rejimida bojxona chegarasi orqali o’tganda to’lanishi lozim bo’lgan bojxona to’lovlaridan kam bo’lmagan qiymatdan kelib chiqib belgilanadi. O’ziga xos xossalarga ega bo’lgan mol-mulkni baholashda tegishli tashkilotlarning vakillari ham mutaxassislar sifatida jalb qilinadi. Mutaxassis vakolatli organning mansabdor shaxsi chaqirig’i bo’yicha kelishi, qo’yilgan masalalar bo’yicha xolisona yozma xulosa berishi, o’zi tomonidan bajariladigan xatti-harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi shart. Baholovchi baholash obyektini baholash to’g’risida belgilangan qonunchilik shaklida uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo’yicha esa - bir kun mobaynida hisobot taqdim etadi. Mol-mulkni baholash vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilganda u tomonidan ko’rsatilgan muddatda mol-mulkni baholash to’g’risidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Agar baholanadigan mol-mulkning qiymati eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari va undan ortiq miqdoriga teng bo’lsa ushbu mol-mulkni olib qo’ygan organning mansabdor shaxsi olib qo’yilgan mol-mulkning har bir turini rasmga (imkoni bo’lsa video suratga) oladi va ularni mol-mulk olib qo’yilishi to’g’risidagi bayonnomaga tirkab qo’yadi. Olib qo’yilgan mol-mulk vakolatli organning mansabdor shaxslari tomonidan baholanishi bo’yicha yo’riqnoma O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi bilan kelishgan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert, baholovchi va boshqa mutaxassislar o’zlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’liq moddiy va boshqacha tarzda javobgar bo’ladilar. Olib qo’yish sanasida eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qo’ygan organ mol-mulk olingan hududdagi tegishli tuman (shahar) prokuroriga darhol maxsus bildirishnoma yuborishi shart. Har bir bunday holat bo’yicha prokuratura organlari uzil-kesil qaror qabul qilingungacha va mol-mulk davlat daromadiga o’tkazilgungacha nazorat yuritadilar.
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling