4.Amaliy mashg’ulot.
Toshkent shaxar Nurobod MFYda yashovchi fuqaro Mannopov Dilmurod davlat ro’yxatidan o’tmasdan noqonuniy savdo va vositachilik faoliyati bilan shug’ullanayotgani aniqlangan va uni uyidan 4 turdagi chetda ishlab chiqarilgan ayollar kiyim-boshlari (xalatlari) borligi aniqlangan va ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Berilganlardan foydalanib, soliq organi xodimlari tomonidan olib qo’yilgan ashyolarni rasmiylashtiring va saqlash uchun joylashtirish tartibini tushuntiring.
NAZORAT SAVOLLARI:
Ma’muriy jazoning turlari qaysilardan iborat?
Asosiy va qo’shimcha jazo choralari qaysilar?
Haqini to’lash sharti bilan olib qo’yish chorasi qanday?
Musodara chorasini tushuntirib bering?
Ashyolarni ko’zdan kechirish tartibi qanday?
Ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish to’g’risidagi bayonnomada nimalar aks etadi?
Ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish to’g’risidagi bayonnomani kimlar rasmiylashtiradi?
Ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish to’g’risidagi bayonnomaning shakli qaysi qonun hujjutida aks etgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |