Dasturning mazmuni
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
Tayanch so’z va iboralar: Ma’muriy huquqbuzarlik to’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror, qonuniy vakil, advokat, shikoyat, protest, yuqori turuvchi organlar, kassatsiya, instantsiya, hal qiluv qarori.
1.Soliqqa oid ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyatlar berish. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 314-moddasiga ko’ra ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shu qaror chiqarilgan shaxs, shuningdek ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan shikoyat berilishi mumkin. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 315-moddasiga ko’ra davlat soliq xizmati organining ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarori ustidan yuqori turuvchi davlat soliq xizmati organiga (mansabdor shaxsga) yoki ma’muriy ishlar bo’yicha tuman (shahar) sudiga shikoyat berilishi yoki prokuror protest bildirishi mumkin. Shikoyat ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilgan soliq xizmati organi (mansabdor shaxsi) orqali yoki bevosita shikoyat yo’llangan sudga yuboriladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan qaror chiqargan soliq xizmati organi (mansabdor shaxsi) shikoyatni olgach, uni uch sutka ichida ish bilan birga MJtKning 315-moddasiga muvofiq shikoyatni ko’rib chiqish huquqiga ega bo’lgan organga (mansabdor shaxsga) yuboradi. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat bergan shaxs davlat boji to’lashdan ozod etiladi. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 317-moddasiga muvofiq prokuror ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan: 1) tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo’yicha sudyasi qarori ustidan — tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga; 2) Davlat soliq xizmati organlari (mansabdor shaxslari) qarori ustidan — qaror chiqargan soliq organiga (mansabdor shaxsiga) yoki yuqori turuvchi soliq organiga (mansabdor shaxsiga) protest bildirishi mumkin.
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling