Dasturning mazmuni


Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyat yoki protestni ko’rib chiqish paytida qabul qilingan hal qiluv qarori


Download 1.98 Mb.
bet174/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyat yoki protestni ko’rib chiqish paytida qabul qilingan hal qiluv qarori.

MJTKning 321-moddasiga ko’ra ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko’rib chiqish paytida davlat soliq xizmati organi (mansabdor shaxs) quyidagi hal qiluv qarorlaridan birini qabul qiladi:

- chiqarilgan qarorni o’zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldiradi;

- chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni qayta ko’rib chiqish uchun yuboradi;

- chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni yuritishni tugatadi;

- jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to’g’risidagi normativ hujjatda nazarda tutilgan doirada o’zgartiradi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest bo’yicha qabul qilingan hal qiluv qarorida:

u chiqarilgan vaqt va joy;

shikoyat yoki protestni ko’rib chiqayotgan mansabdor shaxs;

prokuror va boshqa ishtirok etayotgan shaxslar;

shikoyat bergan shaxs yoki protest bildirgan prokuror;

ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish bo’yicha chiqarilgach shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan qarorning hamda shikoyat,

protestning mohiyati;

chiqarilayotgan qarorni asoslanishi;

shikoyat yoki protest yuzasidan qaror ko’rsatilishi lozim.

Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestga doir hal qiluv qarorining nusxasi o’zi haqida ana shu qaror chiqarilgan shaxsga uch kun muddat ichida yuboriladi, jabrlanuvchiga esa — uning iltimosiga binoan yuboriladi. Protestni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida prokurorga ma’lum qilinadi.




Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling