Dasturning mazmuni


Download 1.98 Mb.
bet173/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

Tayanch so’z va iboralar: Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki o’zgartirish, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni bir tomonlama ko’rib chiqish, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat va protest bildirish.
1.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki o’zgartirishning shartlari.

Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki o’zgartirish uchun:

soliq organi (mansabdor shaxsi) tomonidan ishni to’liq bo’lmagan holda yoki bir tomonlama ko’rib chiqilishi;

soliq organi (mansabdor shaxsi) hal qiluv qarorining va ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks maxsus qismining qo’llanilgan normalari va ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan boshqa normativ hujjatlar ishning faktik holatlariga mos kelmasligi;

ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni yuritish qoidalarining jiddiy buzilishi;

qo’llanilgan ma’muriy jazoning adolatsizligi asos bo’lib hisoblanadi.

Mazkur ishni ko’rib chiqishga vakolati bo’lmagan davlat soliq xizmati organi (mansabdor shaxs) tomonidan chiqarilgan qaror bekor qilinadi, ish esa vakolatli organga (mansabdor shaxsga) ko’rib chiqish uchun yuboriladi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling