168-modda. Bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzish
Bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining o’ndan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.17.00.00 Савдо / 09.17.16.00 Савдо қоидаларини бузганлик учун жавобгарлик]
169-modda. Tarkibida kimyoviy moddalarning qoldig’i yo’l qo’yiladigan darajadan ortiq bo’lgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish
Tarkibida odamlar va hayvonlar salomatligi uchun zararli bo’lgan pestitsidlar, mineral o’g’itlar va boshqa kimyoviy moddalarning qoldiq miqdori yo’l qo’yilishi mumkin deb belgilangan darajadan ortiq ekanligini bila turib qishloq xo’jaligi mahsulotlarini, xuddi shuningdek zaharli yovvoyi o’simliklarni, ularning hosilini, mevalarini, urug’larini, barglari va ildizlarini bozorlarda sotish —
mahsulotlarni musodara qilib, eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, —
mahsulotlarni musodara qilib, eng kam ish haqining ikki baravaridan to’rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.27.00.00 Валютани тартибга солиш ва валютани назорат қилиш / 07.27.11.00 Валютани тартибга солиш тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганлик учун жавобгарлик]
Do'stlaringiz bilan baham: |