171-modda. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish
Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar xodimlarining chet el valyutasini O’zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta schyotlariga yashirib qolish maqsadini ko’zlamay turib vaqtida yoxud to’liq o’tkazilmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining sakkiz baravaridan o’n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Valyuta tushumining bir qismini qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda va miqdorlarda majburiy sotishdan bo’yin tovlash —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining sakkiz baravaridan o’n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining sakkiz baravaridan o’n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n ikki baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.17.00.00 Савдо / 09.17.16.00 Савдо қоидаларини бузганлик учун жавобгарлик]
Do'stlaringiz bilan baham: |