Dasturning mazmuni


Download 1.98 Mb.
bet26/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

1741-modda. Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish

Emitentlar va qimmatli qog’ozlar to’g’risidagi axborotni, hisobotlarni e’lon qilmaslik yoki o’z vaqtida e’lon qilmaslik, shuningdek davlat nazorati organlariga hisobotlar yoxud axborotni topshirmaslik yoki o’z vaqtida topshirmaslik, —

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Emitentlar tomonidan qimmatli qog’ozlar chiqarish tartibini buzish investorlar manfaatlariga zarar yetkazmagan bo’lsa, —

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Qimmatli qog’ozlarni chiqarishning belgilangan tartibini emitentlar tomonidan buzish investorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan bo’lsa, —

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Qimmatli qog’ozlarga doir bitimlar tuzish va ularni ro’yxatdan o’tkazishning belgilangan tartibini qimmatli qog’ozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan buzish —

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Investorlar, qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo’yicha hisob va hisobotning belgilangan tartibini buzish, —

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Tegishli daromadlarni investorlarga to’lamaslik yoki to’liq to’lamaslik, —

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Vakolatli davlat organining huquqbuzarliklarga barham berish to’g’risidagi ko’rsatmalarini bajarishdan bo’yin tovlash yoki o’z vaqtida bajarmaslik, —

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan investorlar va davlat nazorati organlarini atayin noto’g’ri ma’lumotlar tarqatish (taqdim etish) orqali chalg’itish —

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Ushbu moddaning uchinchi, to’rtinchi, ettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.17.00.00 Солиқ тўғрисидаги қонун ҳужжатларига риоя этилишини назорат қилиш. Солиқ соҳасидаги ҳуқуқбузарликлар учун жавобгарлик]


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling