Dasturning mazmuni


-AP shaklidagi kartochka tarkibi va uni to’ldirish tartibi


Download 1.98 Mb.
bet225/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

1-AP shaklidagi kartochka tarkibi va uni to’ldirish tartibi:

- 1-AP shaklidagi elektron kartochkani to’ldirish «Ma’muriy jazoga tortilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug’ilgan sanasi» rekvizitlari bilan boshlanadi.

- 1 va 3-satrlarda huquqbuzarlikni aniqlagan (protokol tuzgan, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida ish qo’zg’agan), shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni/protokolni ko’rib chiqqan va qaror chiqargan vakolatli organning (mansabdor shaxsning) nomi ko’rsatiladi, belgilangan kodi qayd etiladi.

Agar ma’muriy huquqbuzarlikni aniqlagan (protokol tuzgan, huquqbuzarlik to’g’risida ish qo’zg’agan), shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni/protokolni ko’rib chiqqan va qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) aynan bitta organ bo’lsa, 3-satr to’ldirilmaydi.

-«Huquqbuzarlik sodir etilgan joy» deb nomlangan 2-satrda aholi punkti, tuman, shahar, viloyat (respublika) nomi ko’rsatiladi, mintaqa kodi qayd etiladi.

- 4-satrda 2-shaklda ro’yxatdan o’tkazish tartib raqami yoki ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi protokolning tartib raqami va uning qo’zg’algan/tuzilgan sanasi ko’rsatiladi.

- 5-satrda ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqqan va qaror chiqargan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, 6-satrda ish ko’rib chiqilgan sana, 7-satrda - kartochkaga tuzatish kiritilgan sana, 7.1-satrda tuzatish kiritish sababi: «1» - to’ldirishdagi xato; «2» - qaror qayta ko’rib chiqilgan so’zlari qayd etiladi.

- 8-satrda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks normalari bo’yicha huquqbuzarlikning kvalifikatsiyasi ko’rsatiladi.

- 8.1-satrda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan) sana aks ettiriladi.

- 9-satrda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 23 va 24-moddalariga muvofiq ma’muriy jazo choralari aks ettiriladi.

- 9.1-satrda quyidagi kodlarni qo’yish yo’li bilan asosiy jazo choralari ko’rsatiladi:

«1» - jarima;

«2» - ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish uchun qurol hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan predmetni haqini to’lash sharti bilan olib qo’yish;

«3» - ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki shunday narsa bo’lgan predmetni musodara qilish;

«4» - mazkur shaxsga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish;

«5» - ma’muriy qamoqqa olish.

- 9.2-satrda jazoni ijro etish tugagan sana ko’rsatiladi.

Agar qo’shimcha jazo sifatida predmetlarni haqini to’lash sharti bilan olib qo’yish yoki musodara qilish qo’llansa, u holda unga muvofiq bo’lgan kod 9.3-satrga qo’yiladi. 9.4-satrda «6» kodini qo’yish yo’li bilan xorijiy fuqarolarni yoki fuqaroligi yo’q shaxslarni mamlakatdan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish ko’rsatiladi.

- 10.1 va 10.2-satrlarda yozilgan va undirilgan jarima miqdori so’mlarda, 11.1 va 11.2-satrlarda tegishli ravishda haqini to’lash sharti bilan olib qo’yilgan va musodara qilingan predmet qiymatlari ko’rsatiladi.

- 12-satrda ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs to’g’risidagi ma’lumotlar - familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek quyidagi ma’lumotlar mavjud bo’ladi:

12.1 va 12.2-satrlarda - huquqbuzarning tug’ilgan sanasi, oyi, yili va yashash joyi (qisqartirmasdan);

12.3-satrda shaxsini tasdiqlovchi hujjat: «1» - pasport, «2» - yashash guvohnomasi, «3» - fuqaroligi bo’lmagan shaxs guvohnomasi, «4» - haydovchilik guvohnomasi, «5» - harbiy guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma;

12.4-satrda - soliq to’lovchining identifikatsiyalash tartib raqami;

12.5-satrda - huquqbuzarning jinsi: «1» - er., «2» - ayol;

12.6-satrda - huquqbuzarning fuqaroligi: «1» - O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, «2» - xorijiy fuqaro, «3» - fuqaroligi bo’lmagan shaxs;

12.7-satrda - mashg’ulotlarining turi: «1» - o’qish, «2» - ish, «3» - mashg’ulotining turi noaniq, shuningdek o’qish, ish joyi va lavozimi;

12.8-satrda - huquqbuzarlikni sodir etish vaqtidagi holati: «1» - alkogolli, «2» - giyohvandlik, «3» - boshqacha holatdagi mastlik.

- Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan shikoyat yoki protest bildirish 13-satrda aks ettiriladi. Quyidagi ko’rib chiqish natijalari 13.1-satrda ko’rsatiladi:

«1» - qaror o’zgarishsiz qoldirilgan;

«2» - ish yangidan ko’rib chiqishga jo’natilgan;

«3» - ishni ko’rib chiqish tugatilgan;

«4» - jazo chorasi o’zgartirilgan.

Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish tugatilgan taqdirda kartochka ma’lumotlar bazasidan chiqariladi.

Jazo choralari o’zgartirilganda yoki ishni yangidan ko’rib chiqish natijalari bo’yicha boshqacha qaror chiqarilganda kartochkaga «Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to’g’risida»gi Nizomda nazarda tutilgan tartibga rioya qilingan holda, yakuniy qaror qabul qilgan organ tomonidan tuzatish kiritiladi. Bunda 13-satrda ish yuzasidan shikoyat yoki protest bildirilganligi to’g’risida yozuv qayd etiladi.

- 14-satrda kartochka to’ldirilgan sana ko’rsatiladi va ishni ko’rib chiqqan shaxsning imzosi qo’yiladi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling