Dasturning mazmuni
Ma’muriy amaliyot yuzasidan javobgarlikni og’irlashtiruvchi va yenglishashtiruvchi holatlar
Download 1.98 Mb.
|
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик
2.Ma’muriy amaliyot yuzasidan javobgarlikni og’irlashtiruvchi va yenglishashtiruvchi holatlar.
Ma’muriy amaliyotni yuritishda soliq organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarini buzish holatlari yuz berganda belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar. huquqbuzarlik sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs jazoga tortiladi. Sud ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks va jinoyat kodeksining javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan qoidalariga muvofiq jazo tayinlaydi. Sud jazo tayinlashda sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi. Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi: a) aybni bo’yniga olish to’g’risida arz qilish, chin ko’ngildan pushaymon bo’lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish; b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish; v) og’ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish; g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish; d) jabrlanuvchining zo’rlik, og’ir haqorat yoki boshqacha g’ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish; e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq bo’lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish; i) jabrlanuvchining g’ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etish. Jazo tayinlashda sud yuqorida nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin. Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni og’irlashtiruvchi holatlar deb topiladi: a) homiladorligi aybdorga ayon bo’lgan ayolga nisbatan; b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan; v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan; d) o’ta shafqatsizlik bilan; e) ko’pchilik uchun xavfli bo’lgan usulda; j) yosh bola yoki ruhiy kasalligi aybdorga ayon bo’lgan shaxsdan foydalangan holda; z) jinoyat natijasida og’ir oqibatlarning kelib chiqqanligi; i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida; k) g’arazli yoki boshqacha past niyatlarda; l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida; m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan; o) mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etish. Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyatini e’tiborga olib, yuqorida nazarda tutilgan holatlarni og’irlashtiruvchi holat deb topmasligi ham mumkin. Sud jazo tayinlashda yuqorida nazarda tutilmagan holatlarni og’irlashtiruvchi holat deb topishi mumkin emas.
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling