1761-modda. Shartnoma intizomini buzish
Shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo’jalik yurituvchi subyektlarga mulkiy zarar yetkazish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.01.00.00 Тадбиркорлик тўғрисидаги қонунчилик / 09.01.11.00 Тадбиркорлик тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганлик учун жавобгарлик]
1762-modda. Xo’jalik yurituvchi subyektning manzili, bank rekvizitlari o’zgarganligi yoki qayta ro’yxatdan o’tganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik yoki yolg’on ma’lumotlarni taqdim etish
Xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan pochta manzili (joylashgan yeri), bank rekvizitlari o’zgarganligi to’g’risidagi yoki o’zi qayta ro’yxatdan o’tganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’n kunlik muddat ichida vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoxud yolg’on ma’lumotlarni taqdim etish—
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.01.00.00 Тадбиркорлик тўғрисидаги қонунчилик / 09.01.11.00 Тадбиркорлик тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганлик учун жавобгарлик]
Do'stlaringiz bilan baham: |