Dasturning mazmuni


Download 1.98 Mb.
bet37/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

1791-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan bosh tortish

Xo’jalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan bosh tortishi —

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

[ОКОЗ:

1.06.00.00.00 Ижтимоий таъминот ва ижтимоий суғурта тўғрисидаги қонунчилик. Ижтимоий ҳимоя / 06.12.00.00 Ижтимоий таъминот ва ижтимоий суғурта тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганлик учун жавобгарлик]

1792-modda. Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish

Ish beruvchi yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamg’arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur ma’lumotlarni, Fuqarolarning shaxsiga oid ma’lumotlar bilan bog’liq o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etganlik, xuddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamg’arib boriladigan pensiya badallari to’g’risidagi ma’lumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik —

eng kam ish haqining ikki baravaridan to’rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortish —

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish, ushbu hisobvaraqlarning holati to’g’risida fuqarolarni xabardor qilish, jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini tayinlash va berish tartibini buzish —

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’lardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling