Dasturning mazmuni


Ayrim organlarning ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqishdagi vazifalari


Download 1.98 Mb.
bet114/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2. Ayrim organlarning ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqishdagi vazifalari.

Xo’jalik sudlari xo’jalik nizolarini hal etish chog’ida soliq sohasiga oid ma’muriy huquqbuzarlikni aniqlagan hollarda MJTK 175-moddasining 3-qismida, 1761, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqadilar.

Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlar fuqarolik ishlarining muhokamasi chog’ida ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda MJTKning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqadi.

Bojxona organlariga MJTKning 227, 2271, 2272, 2273-moddalarida, 2274-moddasining beshinchi qismida, 2275, 2276, 2277, 22710, 22711, 22712-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar taalluqlidir.

Bojxona boshliqlari va ularning o’rinbosarlari bojxona organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo’llashga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan aksiz markasi qo’yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotni musodara qilishga haqlidirlar.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlariga MJTKning 1752-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar taalluqlidir.

Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boshlig’i, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning o’rinbosarlari Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo’llanishga haqlidirlar.

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi organlariga MJTKning 215-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar taalluqlidir.

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining raisi va uning o’rinbosarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning o’rinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika bo’limlarining boshliqlari MJTK 267-moddasining birinchi qismida ko’rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo’llashga haqlidir.

Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlariga MJTKning 178, 1781 va 2151-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar taalluqlidir.

MJTK 2681-moddasining birinchi qismida ko’rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo’llashga quyidagilar haqlidir:

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining raisi va uning o’rinbosarlari — eng kam ish haqining o’n baravarigacha miqdorda;

monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlarining rahbarlari va ularning o’rinbosarlari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga haqlidirlar.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling