Davlat budjeti daromadlarining turkumlanishi


Davlat budjetining daromad va xarajatlari


Download 213.26 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi213.26 Kb.
#197731
1   2   3
Bog'liq
Davlat budjeti daromadlarining

Davlat budjetining daromad va xarajatlari
Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlash bos-
qichlarida yuzaga keladigan alohida iqtisodiy kategoriyalar – 
budjet daromadlari va xarajatlari orqali amal qiladi. Budjet daro-
madlari va xarajatlari – obyektiv tarzda mavjud va amal qiluv-
chi katego riyalar bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos vazifani 
bajaradi: daromadlar davlat faoliyatining moliyaviy asosi bo‘lib 
xizmat qilsa, xarajatlar esa turli-tuman umumdavlat va umum-
jamiyat ehtiyoj larini qondirishga xizmat qiladi.
Davlat budjeti daromadlari davlatning ixtiyoriga tushuvchi va 
uning markazlashgan pul fondini shakllantiruvchi pul mablag‘-
laridir. Davlat budjeti daromadlari davlat bilan korxonalar, tash-
kilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi mamlakat budjet fon-
dining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy muno-
sabatlarni anglatadi.
Yuqorida keltirilgan rasmda (6.3-rasm) biz YAIMning taqsim-
lanishi va budjet fondining shakllanish jarayonini kuzatgan edik
unga ko‘ra budjet daromadlari jamiyat milliy daromadining bir 
qismini, shuningdek, aholi shaxsiy daromadlarining bir qismini 
maj buriy va ixtiyoriy to‘lovlar vo sitasida davlat tomonidan jalb 
qilish yo‘li bilan taqsimlash va qayta taq simlash mahsulidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim adabiyotlarda, ma’ruzalarda 
va boshqa ilmiy ishlarda «davlat budjeti daromadlarining asosiy 
manbayi so liqlardir», degan bizning nazarimizda birmuncha 
noto‘g‘ri bo‘lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida, davlat 
budjeti daromadlarining asosiy manbayi mamlakat yalpi milliy 
mahsuloti va milliy daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan 
pul fondiga mablag‘larni jalb qilish quroli esa soliqlardir.

106
Budjet daromadlari to‘lovchilariga ko‘ra, soliqqa tortish ob-


yekt lariga ko‘ra, undirish usuliga ko‘ra, to‘lash muddatlariga 
ko‘ra bir-biridan farq qilishiga qaramasdan, ularning hamma-
si davlat budjetining daromad qismini shakllantirishga xizmat 
qiladi. Budjetga to‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladi, bud-
jetga tushgan pullar o‘z egasini yo‘qotadi, ya’ni budjetga to‘lov 
to‘lovchi shaxs aniq bir maqsadni ko‘zlab to‘lov to‘lamaydi, bud-
jet daromadlarining shakl lanishi pul mablag‘larining bir tomon-
lama ha rakati asosida sodir bo‘ladi. Davlatning umumiy xazi-
nasiga tushgan pullar davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida ish-
latiladi. Shu sababli davlat budjeti ning shakllanishi va ishlatil-
ishida davlatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning va alohida 
shaxslarning manfaatlari kesishadi.
Demak, budjet daromadlarining asosiy moddiy manbayi 
milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini 
qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‘lmasa, davlat bun-
day ehtiyojni qondirish uchun milliy boylikni jalb etishi mum-
kin. Milliy boylik deganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixti-
yorida bo‘lgan, hozirgi va o‘tgan avlodning mehnatlari evaziga 
yaratilgan moddiy ne’matlar hamda kengaytirilgan takror ish-
lab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmuyi 
nazarda tutiladi.
Budjet daromadlari haqida gapirar ekanmiz, «davlat daro-
madlari» degan tushuncha bilan «davlat budjeti daromadlari» 
tushunchalarini yaxshi farqlab olishimiz kerak. Davlat daromad-
lari davlat budjeti daromadlari bilan birgalikda, davlatga qarash-
li maqsadli fondlarning daromadlarini, davlat mulkida bo‘lgan 
korxona va tashkilotlarning daromadlarini, shu ningdek, tashqi 
iqtisodiy faoliyatdan tushuvchi daromadlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat budjeti daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlardan 
tashkil topadi.
Davlat budjetining soliqli daromadlari. Bizga ma’lumki, 2007-
yilda qabul qilingan (№ O‘RQ-136, 25.12.2007) va 2008-yil 
1-yanvardan kuchga kirgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Res-
publikasi Soliq kodeksi
1
 soliq munosabatlarining qonuniy-huqu-
qiy asosini tashkil qiladi. Ushbu ko deksning «Soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarning turlari» nomli 23-moddasiga binoan, 
1
 Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Soliq kodeksi 1997-yilda qabul qi-
lingan edi.
Download 213.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling