Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Davlat budjetining funksiyalari
Davlat budjetining soliqsiz daromadlari
Download 0.65 Mb.
|
15- mavzu ..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat budjetining daromadlariga tushumlar ko‘rinishlari
- 5. Budjet xarajatlarining mazmuni va turkumlanishi
Davlat budjetining soliqsiz daromadlari
Budjet daroomadlari tarkibiga tushumlarning quyidagi ko‘rinishlari hisobga olinishi mumkin (rasm): davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan daromadlar; kredit muassalalaridagi hisob varaqlarida budjet mablag‘larining qoldig‘i bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olinadigan mablag‘lar; davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar; qaytarish va haq olish asosida boshqa budjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan budjet mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq; davlatga qisman tegishli bo‘lgan xo‘jalik subyektlari ustav kapitalining hissasiga yoki aksiyalar bo‘yicha dividendlarga to‘g‘ri keladigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar; davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliq qonunchiligiga muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng); davlatga tegishli mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlar. Davlat budjetining daromadlariga tushumlar ko‘rinishlari Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishini talab etmaydigan mablag‘lar ham Davlat budjetining daromadlari bo‘lishi mumkin. Biroq ayrim to‘lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydalanish uchun o‘tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag‘larni sarf etsa-da, u bu malag‘larni belgilangan muddatlarda va to‘liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday budjet daromadlarining ko‘rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar hisoblanadi. Davlat budjetining daromadiga ular shartli ravishda, faqat shu yilning budjeti daromadlari nuqtai-nazaridan kiritilishi mumkin. 5. Budjet xarajatlarining mazmuni va turkumlanishi Davlat budjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo‘lgan budjetning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, unga tegishli bo‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog‘langan va davlat tomonidan tashkil qilinadn. Shu bilan birgalikda Davlat budjetining xarajatlari bir butunning o‘ziga xos qismi bo‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli sohalarga yo‘naltirilayotgan budjet mablag‘larining harakatidan iborat. Davlat budjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon bo‘ladi. Budjet xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi esa, o‘z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; budjetning milliy iqtisodiyot bilan bog‘langanligi: iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; budjet mablag‘larining namoyon bo‘lish shakllari va h. k. Jamiyatning iqtisodiy hayotida budjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko‘ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Ular o‘zlarining iqtisodiy mazmuni, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari, ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha va ma’lum maqsadlariga ko‘ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin. Eng avvalo, o‘zining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, Davlat budjetining xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo‘linadi. Budjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga: a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar: b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun budjet kreditlari sifatida beriladigan mablag‘lar; v) kengaytirnlgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar; g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mulkni oshirish yoki uni yangitdan yaratishga olib keladigan xarajatlar; d) Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq budjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar. Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan budjet xarajatlari, boshqa budjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar va Davlat budjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar budjetning joriy xarajatlari deyiladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling