Davlat byudjeti daromadlari tushunchasi va mohiyati


Download 0.77 Mb.
bet2/4
Sana20.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1040569
1   2   3   4
Bog'liq
39 DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI

Davlat byudjetining funksiyalari. Davlat byudjetining mohiyati uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Turli davr va turli maktab iqtisodchilari davlat byudjetining funksiyalarini yoritishga turlicha yondoshadilar. Masalan, T.Malikov, N.Xaydarov hammuallifligidagi “Davlat byudjeti” o‘quv qo‘llanmasida davlat byudjetining funksiyalari quyidagi tarzda bayon qilingan: “Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bo‘linmalari singari, ikki xil funksiyani bajaradi: 1) taqsimlash; 2) nazorat.

Davlat byudjeti daromadlari – davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi davlat markazlashgan pul fondining shakllanishi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi.

Davlat byudjeti daromadlari – davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi davlat markazlashgan pul fondining shakllanishi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi.


Byudjet daromadlarining asosiy moddiy manbai milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‘lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirishga milliy boylikni jalb etishi mumkin. Milliy boylik deganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo‘lgan, hozirgi va o‘tgan avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne’matlar hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmui nazarda tutiladi.

Milliy daromadni davlat tomonidan davlatlashtirish (davlat ixtiyoriga o‘tkazish) turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan usullarning asosiylari bo‘lib hisoblanadi. Bu usullar o‘rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar bo‘yicha turlicha bo‘lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa qarama-qarshiliklarning o‘tkirlik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling