Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida soliqlar va boshqa to`lovlar asosiy manba sanaladi. Bu mablag’lar hisobidan davlat va ijtimoiy dasturlar moliyalashtiriladi, davlat tuzilmalarining faoliyati ta`minlanadi


Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga solinadigan soliqni to‘lovchi shaxslar va foydasini soliq solishdan ozod qilish


Download 387 Kb.
bet40/50
Sana23.09.2023
Hajmi387 Kb.
#1685638
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
Bog'liq
амалиёт

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga solinadigan soliqni to‘lovchi shaxslar va foydasini soliq solishdan ozod qilish
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining taqsimlanmagan foydasidan soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq to‘lashi shart.
Chet el kompaniyalarini nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari deb e’tirof etish tartibi hamda yuridik va jismoniy shaxslarni bunday chet el kompaniyalarini nazorat qiluvchi shaxslar deb e’tirof etish tartibi soliq kodeksining tegishincha 39 va 40-moddalarida belgilanadi.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasini soliq solishdan ozod qilish
1) u o‘zi tashkil qilingan chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq notijorat tashkiloti bo‘lib, olingan foydani (daromadni) aksiyadorlar (ishtirokchilar, ta’sischilar) yoki boshqa shaxslar o‘rtasida taqsimlamaydigan bo‘lsa;
2) u aktiv chet el kompaniyasi yoki aktiv chet el xolding kompaniyasi bo‘lsa;
3) ushbu chet el kompaniyasi uchun daromadlarni (foydani) bunday kompaniya doimiy joylashgan davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy yil uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davr yakunlari bo‘yicha soliq kodeksining 207-moddasiga muvofiq aniqlanadigan soliq solishning samarali stavkasi soliq kodeksining 337-moddasi 12-bandida ko‘rsatilgan foydadan olinadigan soliq stavkasi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etsa;
4) u chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq bank yoki sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya yoxud boshqa maxsus ruxsatnoma asosida faoliyat yuritadigan bank yoki sug‘urta tashkiloti bo‘lsa.
Soliq qarzini undirishni tashkil qilish
Soliq qarzi - hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlarning, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlarning summalari, shuningdek soliq kodeksida belgilangan muddatda to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar.
Soliq qarzini to‘lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog‘ida to‘lash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1) soliqlar summasi;
2) hisoblangan penyalar;
3) jarimalar.

Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling