Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida soliqlar va boshqa to`lovlar asosiy manba sanaladi. Bu mablag’lar hisobidan davlat va ijtimoiy dasturlar moliyalashtiriladi, davlat tuzilmalarining faoliyati ta`minlanadi


Download 387 Kb.
bet23/50
Sana23.09.2023
Hajmi387 Kb.
#1685638
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Bog'liq
амалиёт

Soliq stavkalari - Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq stavkalari 1 gektar uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. Soliq stavkalarining aniq miqdori O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda, meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar uchun esa — 1 gektar uchun mutlaq miqdorda belgilanadi.
Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,1 koeffitsiyent qo‘llaniladi:
1. yagona ishtirokchilari nogironlarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etadigan hamda nogironlarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar egallagan yerlar;
2. elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
3. umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, egallagan yerlar;
4. umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
5. magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar band etgan yerlar;
6. samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, yerda boshqarish yo‘lkalari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar;
Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.02.00 Er solig‘i / 07.11.02.04 Er solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi]

Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling