Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida soliqlar va boshqa to`lovlar asosiy manba sanaladi. Bu mablag’lar hisobidan davlat va ijtimoiy dasturlar moliyalashtiriladi, davlat tuzilmalarining faoliyati ta`minlanadi


Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi -


Download 387 Kb.
bet43/50
Sana23.09.2023
Hajmi387 Kb.
#1685638
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
амалиёт

Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi - Soliq to‘lovchining, soliq agentining yoki boshqa shaxsning soliq kodeksida javobgarlik belgilangan g‘ayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi.
Javobgarlikka tortishni istisno etuvchi holatlar - Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun quyidagi holatlardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
1) soliqqa oid huquqbuzarlik holatining mavjud emasligi;
2) soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning aybi mavjud emasligi;
3) soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari o‘tib ketganligi.
javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar
1) shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar og‘ir kechishi oqibatida soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etish;
2) tahdid yoki majburlash ta’sirida yoxud moddiy, xizmat yoki boshqa jihatdan qaramlik sababli soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etish;
3) sud yoki ishni ko‘rayotgan soliq organi tomonidan javobgarlikni yengillashtiruvchi deb topilishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar.
Soliq organida hisobga qo‘yish tartibini buzish - Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq to‘lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo‘yishning belgilangan tartibi soliq to‘lovchi tomonidan buzilganda, — soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisobga qo‘yish sanasidan haqiqatda hisobga qo‘yilgan sanagacha bo‘lgan davrda olgan daromadining besh foizi miqdorida, lekin besh million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq solish obyekti bo‘yicha soliq organlarida hisobga qo‘yish muddatlari buzilganda, agar hisobga qo‘yishning belgilangan muddatidan o‘tishi:
o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lmaganda, — bir million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;
o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lganda, — ikki million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish
Soliq hisobotini soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik, — bu soliq hisoboti asosida to‘lanishi (qo‘shimcha to‘lanishi) lozim bo‘lgan soliq summasini belgilangan muddatda to‘lanmagan har bir kechiktirilgan kun uchun bir foiz miqdorida, lekin ko‘rsatilgan summaning o‘n foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling