Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini buzish
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik, — mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq (yig‘im), bo‘nak to‘lovi, penyalar va jarimalarni o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriqnomalarni bajarish muddatlarini buzish.
Bank tomonidan soliq (yig‘im), bo‘nak to‘lovi, penya va jarima summasini o‘tkazish to‘g‘risidagi soliq to‘lovchining topshiriqnomasini, soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarmaslik (bajarilishini kechiktirish) — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining bir yuz ellikdan bir qismi miqdorida, lekin kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun o‘tkazilmagan summa bir foizining beshdan bir qismidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Banklar tomonidan bank hisobvaraqlari va operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) soliq organiga taqdim etmaslik
Soliq kodeksining 134-moddasida nazarda tutilgan ma’lumotnomani (ko‘chirmalarni) bank tomonidan soliq organiga taqdim etmaslik, shuningdek ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) belgilangan muddatni buzgan holda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lgan ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) taqdim etish, —ikki million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tumanda soliqqa huqubuzarlik ushun javobgarlikka tortilganlar bo’yicha taqqaslama jadval
T-r
|
Huquqbuzarlik turlari
|
2021 yilda
|
2022 yilda
|
Izoh
|
1.
|
Soliq organida hisobga qo‘yish tartibini buzish
|
|
|
|
2.
|
Soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish
|
|
|
|
3.
|
Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish
|
|
|
|
4.
|
Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish qoidalarini buzish
|
|
|
|
5.
|
Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish)
|
|
|
|
6.
|
Soliqni (yig‘imni) to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik
|
|
|
|
7.
|
Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini buzish
|
|
|
|
Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish
Do'stlaringiz bilan baham: |