Davlat byudjeti va uning milliy daromadini taqsimlash va qayta taqsimlashdagi o’rni


O’zbekistonda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarning amaldagi holati


Download 181.18 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi181.18 Kb.
#1513075
1   2   3   4   5
Bog'liq
50 — копия (2)

3. O’zbekistonda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarning amaldagi holati.
Davlat iqtisodiyot hamma uchun umumiy bo'lgan bozor qonunlariga binoan rivojlanadi va bu yaratilgan tovar va xizmatlarning ko'payib borishida ifoda etiladi. Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bo'lar ekan, bu iqtisodiyotning yaxlitligini bildiradi, barcha firmalar, xonadon xo'jaliklari va barcha bozorlar faoliyatining pirovard natijasi bo'ladi. Makroiqtisodiyot jamiyatning umumiqtisodiy faoliyati bo'lganidan bu yerdagi o'zgarishlar qaytadan firmalar va xonadonlar iqtisodiyotiga ta ’sir etadi. Demak, mikro va makroiqtisodiyot uzviy bog'liqlikda bo'ladi. Iqtisodiyotning asosiy ishtirokchilari firmalar va xonadon xo'jaliklari makroiqtisodiy (savdo-sotiq) oborotda ishtirok etadilar. Ular bir-biriga resurslar va iste’mol tovarlarini yetkazib beradilar. Xonadonlar ishlab chiqarish omillari bozoriga mehnat, yer va kapital kabi resurslarni yetkazib beradilar va ularni sotishdan pul daromadiga ega bo'ladilar. Bu resurslarni firmalar bo/ordan sotib olish uchun pul shaklida xarajat qiladilar. Ular resurslarni ishlab chiqarish omiliga aylantirib tovar va xizmatlarni yaratadilar, ularni iste’molchilar bozoriga chiqarib xonadonlarga sotadilar. Resurslar sotilgan paytda xonadonlar darom ad olsa,iste’mol buyumlarini firmalardan xarid qilganlarida xarajat qiladilar. Shu taxlitda firmalar resurs olganda xarajat qilsalar, o'z tovar va xizmatlarini sotishganda darom ad oladilar. Firmalar va xonadonlar makroiqtisodiy oborotning asosiy ishtirokchilari bo'lsalarda, bu ishda davlat ham qatnashadi. Davlat firmalar va xonadonlarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatadi va ulardan uning haqi sifatida soliqlarni oladi. Xullas, iqtisodiy oborot yuz berganda firmalar, xonadonlar va davlat o'rtasida iqtisodiy aloqalar o'rnatiladi.Demak, makroiqtisodiy oborotda firmalar, xonadonlar va davlat o'rtasida tovar va xizm atlarni pul vositasida ayirboshlash, ya’ni tovar-pul munosabatlari yuz beradi. Shu jarayonda iqtisodiyot ishtirokchilari o ‘z tovarini sotib, boshqa tovar sotib olish orqali o ‘z ehtiyojini qondiradi. Makroiqtisodiy oborot jarayonida iqtisodiyot ikki sektorga ajratiladi:
1. Real sektor — bu yaratilgan tovar va xizm atlarning iqtisodiyot subyektlari o ‘rtasidagi harakati;
2. Pul sektori — bu subyektlar o'rtasidagi tovar va xizm atlar harakatiga qarama-qarshi ravishda yuz beradigan pul oqimining harakati.
Real sektordagi firmalar yalpi ichki mahsulot yaratishadi. Yalpi ichki mahsulot (YalM ) deganda ma’lum davr mobaynida mamlakat ichida pirovard natijada yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor qiymati tushuniladi. YalM bu oraliq ya’ni qayta ishlanadigan mahsulot emas, balki iste’molga tayyor bo'lganidan bozorda sotiladigan mahsulotdir. Uning bozorda sotilgan narxi bozor qiymati boladi. Bu qiymat tovarning miqdori va sifatini aks ettiradi. YalMni faqat moddiy shakli bor tovarlar, masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak uy-joy, mashina-uskuna va transport vositalarininggina qiymati emas, balki moddiy shakli bo’lmagan xizmatlar, chunonchi san’atkor, shifokor, o‘qituvchi, yurist, sartarosh kabilar xizmatining qiymati ham tashkil etadi. YalMga muayyan davrda, masalan, bir yilda yangidan yaratilgan mahsulotlar bozor qiymati kiritiladi. Ammo bunga ilgari yaratilgan, lekin keyinchalik qaytadan sotilgan mahsulot qiymati kirmaydi. YalMga muayyan mamlakatning ichkarisida yaratilgan mahsulot va xizmat kiradi. Shu mamlakat vakillari boshqa yerda, ya’ni xorijda yaratgan tovar va xizniatlari uning YalMiga kirmaydi, aksincha boshqa mamlakatning YalM ini tashkil etadi. Mamlakatning o'zida va tashqarisida uning vakillari yaratgan tovar va xizmatlarning bozor qiymatlari birgalikda yalpi milliy mahsulotni (YaMM) tashkil etadi. YaMMdan jami amortizatsiya ajratmalarini, ya’ni mashina— uskunalar va bino-inshootlarning to ‘zigan qismi qiym atini chegirib tashlasak, qolgan qismi sof milliy mahsulot yoki milliy daromad, deb yuritiladi. Milliy iqtisodiyot holatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkich YalM bo'ladi. Ko'pchilik mamlakatlarda YalM va YaMM farqlanishi ±1 % atrofida bo'ladi. Shu sababli, m am lakatning iqtisodiy salohiyatiga baho berilganda YalM asos qilib olinadi.YalM butun jam iyat iqtisodiy faoliyatining m a ’lum davrdagi natijasi hisoblanadi.
Uning miqdori ikki usul yordamida hisoblab chiqiladi:
1. Daromad usuli. Bunda iqtisodiyotning barcha subyektlarining m a’lum davrdagi darom adi jam lanadi. Bundan olingan hosila YalM ga teng bo'ladi. Bu daromadlarga xonadonlar, firmalar va davlatning daromadlari kiradi;
2. Xarajat usuli. Bunda ham m a iqtisodiyot subyektlarining xarajatlari jam lanadi. Bular iste’mol, investitsiya, davlat xaridi va sof eksportdan iborat bo'ladi. Iste’mol sarflari xonadonlarning tovar va xizmatlar xaridi uchun qilgan xarajati bo'ladi. Investitsiyalar mashina-uskunalar, ko'chmas mulk (bino, inshoot, yer)ni sotib olish, xonadonlarning uy qurish, tayyor uy yoki kvartiralarni sotib olish xarajatlaridan iborat bo'ladi.
1-jadval

Xalq taʼlimi vazirligi

25,8 trillion soʻm

Suv xoʻjaligi vazirligi 

3,440 trillion soʻm

Maktabgacha taʼlim vazirligi

6,5 trillion soʻm

Energetika vazirligi

55 mlrd. soʻm

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 

4,1 trillion soʻm

Transport vazirligi

5,877 trillion soʻm

Sogʻliqni saqlash vazirligi 

3 trillion soʻm

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

38,4 mlrd. soʻm

Madaniyat vazirligi

728 mlrd. soʻm

Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi

1,1 trillion soʻm

Sportni rivojlantirish vazirligi

1 219 mlrd.soʻm

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi 

186,6 mlrd. soʻm

Moliya vazirligi 2023-yilda Oʻzbekiston davlat budjeti qanday taqsimlanishini maʼlum qildi.2023-yilda birinchi darajali byudjet taqsimlovchilariga respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar(1-chizma).11
Davlat xaridi12— bu davlat idora va tashkilotlarining tovar va xizmatlarni sotib olishga ketgan xarajati. Bunga misol qilib davlatga qarashli mehribonlik uylari, shifoxonalar, universitetlar, kollejlar, mudofaa vazirligi kabilarning tovar va xizmatlarni xarid etishini olish mumkin. Sof eksportga kelsak bu eksport va im portning farqidan iborat. Bu farq m usbat (+ ) bo'lsa, u Y alM ga qo'shiladi, agar u manfiy (—) bo'lsa, YalM dan chegirib tashlanadi. Aytilgan 2 usul bilan YalM hajm ining aniqlanishi muayyan paytdagi iqtisodiy oborotda daromad va xarajatlarning teng bo'lishidan kelib chiqadi.Jamiyat erishgan iqtisodiy natijani YalM hajmi belgilaydi. Biroq buning uchun nominal va real YalM ni farqlantirish kerak. Nominal YalM — bu tovar va xizm atlarning joriy narxlarda hisoblangan bozor qiymatidir. Bu ikki narsaga bog'liq bo'ladi. Birin- chisi, tovar va xizmatlarning miqdori. Ikkinchisi, bu har narxining o'sishi. Nominal YalM inflatsiya ta’siridan bo‘lgan, ya’ni undan tozalanm ay turib hisoblangan m ahsulot bo'ladi.Bu narxning o'zgarishiga bog'liq bo’lganidan haqiqiy iqtisodiy natijani to'g'ri ko'rsatmaydi. Masalan, A tovar ilgari 10000 dona chiqarilgan bo'lib, har birining narxi 5000 bo'lgan. Bunda ularning bozor qiymati 50 mln ( 10000*5000=50000000)ga teng bo'ladi. Keyinchalik A tovar 10000 dona chiqarilgan bo'lib, har birining narxi 6000 ga yetgan. Demak, jami tovarning bozor qiymati 60 mln ni tashkil etgan. Demak, tovar miqdori amalda oshmagan, lekin uning bozor qiymati 20 %ga oshgan. Shunga qarab YalM 20 % ko'paydi, deb hisoblash xato bo'ladi, chunki uning hajmi — bu bazis narxlarida yoki o 'zgarmas narxda hisoblangan mahsulotdir. Bu iqtisodiyotning haqiqiy holatini ko'rsatib beradi, chunki bu usulda mahsulotning bozor qiymati inflatsiya ta ’siridan xoli etiladi, chunki hozirgi m ahsulot oldingi davr narxida hisoblanadi. Oldingi misolga qaytsak «А» tovardan 12000 dona chiqarilib, har biri joriy narxda 6000 dan sotilganligi uchun uning bozor qiymati 72 mln ni tashkil etgan. Agar buni oldingi yildagi (bu bazis yili) narx — 5000, deb hisoblasak, uning haqiqiy bozor qiymati 60 mln ni tashkil etadi. Mana shu real iqtisodiy natijani bildiradi. Makroiqtisodiy vaziyatga baho berilganda, narxlar o'zgarishini e ’tiborga olib real YalMni aniqlash va dinamikasiga qarab uning holatini aniqlash kerak bo'ladi.Makroiqtisodiy vaziyatga ehtiyojlar uzluksiz qondirilishi uchun iqtisodiyot doimo o'sib borishi talab qilinadi.Chunki shunday yo'l bilangina kishilar iste’ moliga zarur bo'lgan tovar va xizmatlar ko'plab va xilma-xil yaratiladi. Iqtisodiy o‘sish — bu iqtisodiyotning rivojlanishi, ya’ni Imyuliy ne’matlar bo'lgan tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishining ko'payib borishidir. Iqtisodiy o'sish mutlaq va nisbiy bo'ladi. Mutlaq iqtisodiy o'sish tovar va xizmatlar qanday miqdorda ko'payganini bildiradi. Buni ( 0'm) aniqlash uchun real YalMning hozirgi hajmidan (M2) oldingi hajmi (M1) chegirib tashlanadi. Bunda 0'm= M2-M1 bo'ladi. Masalan, shu yili real Y alM hajmi 185 mlrd dollar bo'lsa, 5 yildan so'ng bu 225 mlrd dollarni tashkil etadi. Bunda mutlaq iqlisodiy o'sish 40 mlrd dollarga (225—185=40) teng. Mutlaq o'sish iqtisodiy salohiyatning katta yoki kichikligini bildiradi. Agar mamlakatning iqtisodiy qudrati ulkan bo'lsa, mutlaq o ‘sish hajmi katta bo'ladi. Agar lining iqtisodiyoti zaif bo'lsa, mutlaq o'sish hajmi kichik bo'ladi. Qozog‘istonda aholi jon boshiga YaIM 2020-yilda $9,06 mingni tashkil etdi, bu O‘zbekistonnikidan ancha yuqori hisoblanadi ($1,69 ming). Qozog‘istonning YaIM 170 mlrd 326,56 mln dollar , O‘zbekiston YaIM 60 mlrd 490,79 mln dollar Nisbiy iqtisodiy o'sishning jadallik sur’atini bildiradi va foizda ifoda etiladi. Uni ( 0 ' n) aniqlash u chun hozirgi real Y alM hajm ining o'sishi dastlabki mahsulot hajmi bilan taqqoslanadi. Masalan, oldingi davrda real YalM hajmi 630 mlrd doll, keyinchalik u 700 mlrd dollar bo'lgan. Bunda O’n = 7 0 0 -6 3 0 X 100 %=11,1 % Aytilgan davrda Y alM o'sish su r’ati 11,1 % bo'lgan. Lekin, bu mutlaq o'sishni emas, balki nisbiy o'sishni bildiradi. Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga qarab nisbiy o'sishning mutlaq salmog'i turlicha bo'ladi. Masalan, bir yerda 1 % iqtisodiy o'sish YalM ni 5 mlrd dollarga ko'payishini bildirsa, boshqa yerda buni 60 mlrd dollarga oshganini bildiradi.
4.O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda byudjet munosabatlarini tartibga solishdagi o’rni.
Jamiyatning mehnati bilan yaratilgan YalM, birinchidan, aholi iste’molini qondirishga, ikkinchidan, kelajakda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun sarflanadi. U taqsimlanganda turli qismlarga ajratiladi.1. Iste’mol fondi. Bu har yilgi iste’m olni qondirishga ketadigan qism bo'lib, bu birinchidan xususiy, ikkinchidan davlat iste’moli uchun xizmat qiladi.2. Yalpi jamg‘arma fondi. Bu iqtisodiyotni o'stirishga yuboriladi. YalM asosiy qismi xususiy iste’m olga yuboriladi va bu x o n adonlar ham da firmalar iste’molidan iborat bo'ladi. H ozir yer yuzida xususiy iste’mol YalM ning 2/3 qismini tashkil etadi. Xonadon iste’moli uning joriy ehtiyojini qondirishga qaratiladi. Bu ishlovchilarning ish qobiliyatini tiklash, uni rivojlantirish, bolalarni boqib tarbiyalash uchun ketadi. Uning hisobidan xonadonda inson kapitalini investitsiyalash ham yuz beradi. Firmalarda iste’mol bu resurslar iste’moli bo'ladi, ya’ni Y alM ning mashina-uskuna, xomashyo, yoqilg'i va turli materiallardan iborat qismi ishlab chiqarishda ishlatiladi13.
Davlat iste’moli — bu davlat idora va tashkilotlari iste’moli bo'lib, ijtimoiy ne’matlarni, ya’ni birgalikda iste’mol qilinadigan xizmatlarni yaratishga qaratiladi. Bu amalda ijtimoiy sektordagi iste’mol hisoblanadi, chunki bu sektor davlat tasarrufida turadi. Davlatning turli idora, tashkilot va mahkamalarida YalM ning ham resurslardan, h am iste’mol buyum laridan, ham qurol-aslahadan iborat qismi ishlatiladi. Turli iste’mol va jam g'arm aning YalM dagi hissasi o'zgarib turadi. Bu har bir mamlakatning taraqqiyot darajasiga, davlatning ijtimoiy siyosatiga bog'liq bo'ladi. Qayerda davlat o'z zimmasiga katta ijtimoiy majburi-yatlarni olsa, shu yerda davlat iste’moli ko'p bo'ladi. O 'zbekistonda ham shunday.Bu yerda davlat aholini ijtimoiy ne’matlar bilan kanda qilmay ta’minlab turishni, xususan bilim berish, sog'liqni saqlash, obodonchilik ekologiyani himoya qilish, huquq-tartibotni saqlash kabi xizmatlarni o'zzimmasiga olgan. Shu bois, O'zbekistonda davlat iste'moling YalM dagi hissasi ancha katta. Biroq aholi daromadi oshib, u bir qator ijtimoiy xizmatlarni o'zi sotib ola bilgani sari mazkur hissa kamayishga moyil bo'ladi. Yalpi jam g'arm ani Y alM ning bir qismi hosil qiladi. Bu qismning hissasi mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog'liq. YalM qanchalik ko'p yaratilsa, shunchalik u iste’moldan ko'proq ortib qolib, jamg'arma hosil qiladi. Jamg'armaning bir qismi aholi va firmalarniki, ikkinchi qismi davlatniki bo'ladi.Aholi jamg'armasi banklar va moliya bozori orqali investitsiyaga yuboriladi, bundan ortiq qismi uning q o'lida saqlanadi. Firmalar jamg'armasi investitsiyalash orqali ularning asosiy va aylanma kapitalini ko'paytirishga sarflanadi. Davlat jamg'armasi uning iste’molidan ortib qolgan mablag'i bo'lib, hukumatning turli rezervlarini hosil qiladi. Jamg'arma tarkibida qarz fondi bo'ladi, bu xonadon, firma va davlat ixtiyorida turadi. Bu fondning puli bir yerda xarajat bo'lsa, boshqa yerda daromad hosil qiladi. Davlat olgan qarzini to'laganda u xarajat qiladi, biroq bu qaytarib berilgan chog'da qarz bergan xonadon va firmalar uchun daromad bo'ladi. Firmalar va banklar aholiga qarz berganda xarajat qilsalar, bu xonadonlar uchun daromad bo'ladi. YalM qiymatini soliqlar orqali davlat daromadiga aylangan qismi qarz fondini hosil qilganda u 2 qismga ajratiladi:14

Yaim qiymatining soliqlar orqali davlat daromadiga aylangan qismi


Tashqi qarz fondi

Ichki qarz fondi



Xulosa
Xulosaga keladigan bo’lsak, davlat byudjeti mamlakatda juda kata ahamiyat kasb etar ekan.Zeroki,moliya tizimi ustidan nazoratni qo’lga olgan bo’lsada,davlat byudjeti xarajatlarini kerakli sohalarga yo’naltirish uning asosiy maqsadi ekan..Bu ko’rsatkich faqatgina davlat xarajatlari, milliy daromadni nazorat qilibgina qolmay,mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ko’rsatib berar ekan,ya’ni uning milliy daromadi va xazinasi YaIMga bog’liq ekan.Davlat byudjeti davlatning import va eksportidan tushadigan tushum ustiga qurilar ekan.Shuningdek,bu ko’rsatkichlar yil yakuniga kelib, O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis sessiyasida tasdiqlanadi.Bundan tashqari,Davlat byudjeti aholi ustidan olinadigan soliqlar orqali to’ldiriladi va u muntazam barqarorligini ta’minlaydi. Hozirgi davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.Yuqorida keltirilib o’tilgandek,davlat byudjeti ijtimoiy-iqtisodiy sohaga keng qamrovni o’z ichiga oladi va yanada byudjet mablag’ini kengaytirish uning bosh masalasdir.Shuningdek,milliy daromadni kengaytirish maqsadida bir necha chora-tadbirlar ko’rilmoqda.Masalan,2023-yilda Davlat byudjetini ijtimoiy sohaga ko’proq sarflash davlatning asosiy maqsadi va aholining ichki hayot tarzini rivojlantirishga qaratilgan.Shunday qilib, davlat byudjetiga tushadigan asosiy pog’ona bu mamlakatda ishlab chiqilgan tovarlarni boshqa davlatlarga eksport orqali hamda davlatga tushadigan soliqlar yordamida ko’paytirish va to’g’ri taqsimlash mumkin ekan.

Download 181.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling