Davlat byudjetining davlat hokimiyati, boshqaruvi, sud, prokuratura organlarini saqlash xarajatlari


Jahon mamlakatlarida davlat byudjetining boshqaruv xarajatlarining o’ziga xos xususiyatlari


Download 148.96 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi148.96 Kb.
#1635681
1   2   3   4   5
Bog'liq
aholining daromadlar va tarkibiy tuzilish tahlili

Jahon mamlakatlarida davlat byudjetining boshqaruv xarajatlarining o’ziga xos xususiyatlari.




Boshqa mamlakatlarda byudjetlashtirishda byudjet ijrosi hisob-kitoblaridan foydalanish odatiy hol. Yangi Zellandiyada, 1990-yil o’rtalarida, byudjet ijrosi ma‟lumotlarining katta miqdoriga tayanib, resurslarni taqsimlash tizimini takomillashtirish zarurligi aytildi. AQSh va ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy va fiskal inqiroz 2007-yildagi iqtisodiy inqiroz sababli boshlangan, mazkur bobning boshida aytilganidek, ular davlat byudjet ijrosi samaradorligiga e‟tiborini qaratdilar. Buyuk Britaniyada mahalliy hukumatlar 1990-yilda ijro menejmenti tashabbuslarini boshdan kechirdi. Hukumat tomonidan «Ijroning eng yuqori indikatorlari» (the Best Value Performance Indicators) deb nomlangan ma‟lumotlar majmui ishlab chiqildi. 2008-yilda «Milliy indikatorlar majmui» nomli yagona majmua tayyorlandi. 2011-yilda mahalliy hukumatlar uchun Yagona ma‟lumotlar ro’yxati ko’rib chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, Viktoriya, Avstralian shtatida mahalliy hukumat boshqaruvchilarining 50,0%i byudjet islohotlari orqali rejalashtirish ishlarini yaxshi tomonga o’zgartirdilar va 47,0%i resurslarning taqsimlanishiga ta‟sir qildi1. Singapurda byudjet ijrosi ma‘lumotlaridan keng foydalanildi va natijaviy ko’rsatkichlarning ahamiyati oshdi. Shunga qaramasdan, Singapur byudjet to’g’risida qaror qabul qilishda byudjetlashtirish uslubini ishlatayotganda dastur ma‘lumotidan to’g’ridan-to’g’ri foydalanishga va unga byudjet ma‘lumotlarini bog’lashga harakat qilmadi. Kanada, Angliya, va Amerika Qo’shma Shtatlarda hukumatlar tadqiqotlarga ko’ra, byudjet ijrosi hisobotlaridan strategik rejalashtirish va qaror qabul qilishda foydalanilganligi aniqlandi. «The OECD Journal on Budgeting» jurnali mundarijasini o’rganib chiqib aytish mumkinki, byudjet ijrosini baholashni amalga oshirish, byudjetlashtirish, byudjet ijrosi yoki shunga o’xshash mavzular Polsha (2011), Turkiya (2010), Litva (2010), Moldava (2010), Xitoy (2010) va Fillipin (2010) da ikki yil ichida nashr etilgan maqolalarda mavjud.2
Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va Kanadadagi boshqaruv sohasidagi islohotlar, jumladan, byudjet islohotlari «Yangi davlat boshqaruvi» (the



1Robert D. Lee, Jr. Public Budgeting Systems. Ninth Edition. Copyright© 2013 By Jones & Bartlett Learning, Llc, An Ascend Learning Company. P: 219
2Robert D. Lee, Jr. Public Budgeting Systems. Ninth Edition. Copyright© 2013 By Jones & Bartlett Learning, Llc, An Ascend Learning Company. P: 219
New Public Management ) deb nomlandi. Vaqt o’tgan sari, bu harakat Evropaga tarqaldi, ayniqsa Avstraliya, Germaniya va Shvetsariyada rivojlantirildi. «Yangi byudjet boshqaruvi» Amerika Qo’shma Shtatlariga etib keldi, hatto boshqa davlatlarda hech qanday ma‘no-mazmun bermasa ham, «Yangi byudjet boshqaruvi» dan foydalanish ko’paygan yoki kamaygan bo’lsa ham, Amerika Qo’shma Shtatlari olimlari tomonidan «Yangi byudjet boshqaruvi» nimani o’zgartirishini tushunishga harakat qilindi. Masalan, bahslarga ko’ra ba‘zi olimlar tomonidan «Yangi byudjet boshqaruvi» keraksiz deb e‘lon qilindi. Shu o’rinda aytish kerakki, «Yangi byudjet boshqaruvi» byudjet islohotlaridan kengroq tushunchadir. Odatda «Yangi byudjet boshqaruvi» juda ko’p boshqa o’zgarishlar va yangiliklarni o’z ichiga oladi, jumladan xususiylashtirishda rahbarlar uchun moslashuvchanlikni oshiradi.1



Download 148.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling