Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlari
Download 1.09 Mb.
|
DAVLAT BYUDJETINING SOG’LIQNI SAQLASH XARAJATLARI
Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta tibbiy xizmatlar uchun kelgusida qilinajak xarajatlarni qoplash maqsadidagi to’lovlarni nazarda tutadi. Ushbu maqsadli soliqlar ish beruvchilar tomonidan mehnat haqi fondidan ijtimoiy sug’urta ajratmalari hamda ishchi-xizmatchilar tomonidan ish haqidan ijtimoiy sug’urta badallari shaklida to’lanadi va ijtimoiy tibbiy sug’urta fondlarida jamlanadi. Tibbiy xizmatlarni moliyalashning bu manbai ham xizmatlardan foydalanishdagi ijtimoiy adolatning ta‘minlanishi, barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlarning kafolatlanishi, tibbiy sug’urta fondida to’plangan
mablag’larning qat‘iy maqsadli ishlatilishi, ko’proq iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo’lgan ish beruvchilar va ishlovchilar qamrab olinishi bilan tavsiflanadi. Lekin bu manbadan foydalanishning ham o’ziga xos muammolari mavjud bo’lib, ular mablag’larni to’plash va mijozlarni himoya qilish uchun xarajatlarning ortib borishi, majburiy sug’urta ajratmalarining mahsulot tannarxi va bahosiga ta‘sir ko’rsatishi va bu holat mahsulotning raqobatbardoshligiga putur etkazishi natijasida ish beruvchilar tomonidan noroziliklar kelib chiqishining mumkinligi kabilar bilan bog’liq. Xususiy tibbiy sug’urtada sug’urtalanuvchi shaxs ixtisoslashgan xususiy sug’urta tashkiloti bilan kelishilgan ma‘lum haq (sug’urta mukofoti) evaziga tibbiy xizmatdan foydalanish bo’yicha xarajatlarning yuzaga kelish xavfini yumshatish maqsadida tashkilot bilan kelishilgan miqdordagi sug’urta badallarini sug’urta tashkilotiga o’tkazib boradi. Sug’urtalanuvchi shaxs salomatligi yomonlashgani sababli xarajat qilishga majbur bo’lganda sug’urta tashkiloti ushbu xarajatlarni sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan pul summasi doirasida qoplab beradi. Moliyalashning bu manbai ham qator o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, sug’urta ajratmalarining aksariyat hollarda iste‘molchilarning to’lash qobiliyatiga emas, ularning ehtiyojiga bog’liqligi, mijozlarni tanlab olishga (iqtisodiy samara nuqtai nazaridan boy yoki kambag’al, nisbatan sog’lom yoki kasalmand) asoslangan tabaqalashgan tibbiy yordam dasturlarining amal qilishi, tibbiy xizmatlar haqini to’lash bilan bog’liq xarajatlar hajmining ortib borishi, xususiy tibbiy sug’urta mablag’larining mamlakatdagi butun sog’liqni saqlash tizimini normal faoliyatini qo’llab-quvvatlash uchun yetarli emasligi kabi ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. To’g’ridan-to’g’ri to’lovlar iste‘molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi xarajatlari bo’lib, tovar va xizmatlar sotib olishning bozor tamoyillariga asoslangan erkin uslubi hisoblanadi. Ushbu usul sog’liqni saqlash tizimini mablag’ bilan ta‘minlashdagi mavjud muammolarni ma‘lum darajada yumshatishga xizmat qiladi, ammo xizmatlar bahosi shu darajada qimmatlashib ketishi mumkinki, natijada risklarni majburiy tarzda taqsimlash zaruriyati tug’iladi va raqobatdosh xususiy ixtiyoriy sug’urtaga ehtiyoj yuzaga keladi. Pullik to’lovlarga asoslangan moliyalashtirish tizimining ijtimoiy adolatni ta‘minlay olmasligi, risklarni umumlashtirmasligi va keng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligi, butun tizimni yetarli resurslar bilan ta‘minlay olmasligi kabi salbiy jihatlarini ham ta‘kidlash o’rinli. Jahonda sog’liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yuqorida sanab o’tilgan manbalarining faqat bittasidan foydalanadigan hech bir mamlakat yo’q ekanligini e‘tirof etgan holda shuni ta‘kidlash kerakki, barcha davlatlar milliy tibbiyot tizimlarini moliyalashda sanab o’tilgan u yoki bu manbaga ustuvorlik bergan holda aralash tarzda foydalanadi. Masalan, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Yaponiya, Kanada kabi davlatlarda majburiy tibbiy sug’urta tizimi yuqori darajada rivojlangan bo’lsa, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiyada – byudjetdan moliyalashtirish tizimi, Amerika Qo’shma Shtatlarida esa xususiy tibbiy sug’urta tizimi faoliyati barqaror shakllangan. MDH davlatlarida byudjetdan moliyalashtirish tizimi ustuvor o’rin egallashi bilan birga, Rossiya, Gruziya, Qirg’iziston, Litva, Latviya, Estoniya kabilarda parallel ravishda majbu- riy ijtimoiy tibbiy sug’urta joriy etilgan. Mutaxassislarning fikricha, tibbiyot tizimini moliyalashtirish manbai sog’liqni saqlash tizimi faoliyat yo’nalishlariga va tarmoqning bajaradigan funksiyalariga mos kelishi, shuningdek, jamoat sog’lig’ini saqlash sektori tomonidan ko’rsatiladigan barcha tibbiy xizmatlar va ma‘lum hajmdagi klinik xizmatlar bo’yicha muayyan majburiyatlarni davlat o’z zimmasiga olmog’i zarur. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling