Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlari
Davlat sog’liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari
Download 1.09 Mb.
|
DAVLAT BYUDJETINING SOG’LIQNI SAQLASH XARAJATLARI
2 Davlat sog’liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlariIjtimoiy sohalar faoliyatini rejalashtirishning bir necha o’n yilliklar davomida shakllangan tartiblarga muvofiq, davlat sog’liqni saqlash muassasalari faoliyatini rejalashtirish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Aholi soni va uning tibbiyot muassasasidagi o’rinlarga ehtiyoj me‘yorlari asosida tibbiy muassasaning ishlab chiqarish quvvatlarini (u yoki bu profil yo’nalishlari bo’yicha o’rinlar - koykalar soni) aniqlash; Muayyan muassasa uchun o’rnatilgan namunaviy shtat normativlari bo’yicha zarur shtat normativlari sonini hisoblab topish; Koykalar soni va tuzilishi(terapevtik, xirurgik, nevrologik)ga ko’ra ish hajmini rejalashtirish; Shtatlar jadvali, ishlab chiqarish quvvatlari va koykalar ishining ko’rsatkichlari(koyka-kunlar soni)ga asoslanib tibbiyot muassasasini saqlash uchun moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash. Davlat sog’liqni saqlash tizimidagi har bir muassasaning ishi operativ tarmoq ko’rsatkichlari, masalan, kasalxonalardagi o’rinlarning o’rtacha yillik soni (jami va o’rinlar profillari bo’yicha), bir yilda o’rinlarning ishlash kunlari soni, o’rin-kunlar miqdori, barcha toifadagi xodimlar bo’yicha o’rtacha yillik shtatlar birligi soni, ambulatoriya-poliklinikalarda vrach qabullari soni bilan tavsiflanadi. Davolash-profilaktika muassasalari aholiga tibbiy xizmatlarni asosan ikki shaklda ko’rsatadi: kasalxonaga yotqizib statsionar (turg’un) davolash va ambulatoriya-poliklinikada tibbiy xizmat ko’rsatish. Turg’un davolash muassasalarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri – o’rin-kunlar soni bo’lsa, ambulatoriya-poliklinika muassasasining asosiy ko’rsatkichini vrach qabullari soni va uning asosida aniqlanadigan vrach lavozimlari soni tashkil qiladi. Muassasa xarajatlarini rejalashtirishda o’rin-kunlar soni, vrach qabullari soni hamda vrach lavozimlari soni kabi ko’rsatkichlar, shuningdek, ularga nisbatan o’rnatilgan xarajat me‘yorlari asos qilib olinadi. 2001-2010-yillarda sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar yo’nalishlaridan biri birlamchi tibbiyot muassasalarini boshqarish va moliyalashtirishning yangi usullariga o’tish, byudjet mablag’larini taqsimlashning jahon amaliyotida ma‘qullangan jon boshiga qarab rejalashtirish uslublarini joriy qilishdan iborat bo’ldi. Ana shu dasturiy vazifani bajarish doirasida bir qator hukumat qarorlari qabul qilindi va amaliyotga tatbiq etildi. Ularga ko’ra, qishloq hududlarida joylashgan qishloq vrachlik punktlari (QVP) va qishloq vrachlik ambulatoriyalari (QVA) qayta tashkil qilindi, ularni moliyalashtirish makaziy tuman shifoxonasi tarkibidan chiqarilib, bevosita viloyatlar sog’liqni saqlash boshqarmalariga o’tkazildi, birlamchi tibbiyot-sanitariya yordamini ko’rsatish (BTSYoK) muassasalariga yuridik shaxs maqomi berildi, ular xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishda ularga biriktirilgan aholi soni, har bir aholi birligi uchun o’rnatilgan xarajat me‘yorlari va aholining yoshi, jinsi, aholi zichligi va boshqa ko’rsatkichlarga ko’ra o’rnatiladigan tuzatuvchi koeffitsientlarni qo’llash tartiblariga o’tildi. Bu tartiblar tajriba tariqasida avval bir necha viloyatda, so’ngra esa butun mamlakat bo’yicha BTSYoK muassasalari xarajatlarini rejalashtirish jarayoniga tatbiq etildi va bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish sharoitlariga bosqichma-bosqich o’tkazildi. BTSYO qishloq muassasalari byudjetini hisobot davridagi sanitariya- epidemiologiya nazorati xizmati xarajatlari, kapital qo’yilmalar va markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlarini istisno etgan holda viloyat sog’liqni saqlash umumiy byudjetiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Bunda alohida olingan BTSYOK muassasasini moliyalashtirishning yillik hajmi tuzatish koeffitsientlaridan (jins-yosh tarkibi va aholi zichligi) foydalanilgan holda bir kishi hisobiga xarjatlarning bazaviy normativi va BTSYO muassasasiga biriktirilgan aholi soni hisobidan kelib chiqib belgilanadi. Har bir keyingi rejalashtiriladigan yilga bir kishiga xarajatlarning bazaviy normativi belgilangan tartibda aniqlanadigan indeksatsiya koeffitsientlari hisobga olingan holda hisoblab chiqiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi, viloyat hokimliklari moliya boshqarmalari va sog’liqni saqlash boshqarmalari BTSYO qishloq muassasalari byudjetlarini hisoblab chiqadi va ularni xarajatlar guruhiga bo’lmasdan bitta summa bilan BTSYo muassasalariga etkazadi. BTSYO qishloq muassasalari belgilangan tartibda moliya organlarida ro’yxatdan o’tkaziladigan xarajatlar smetasi, shtat jadvalini ajratilgan byudjet doirasida mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O’zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlash tizimini isloh kilish davlat dasturi to’g’risida"gi 1998-yil 10- noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi ―Farg’ona viloyatida sog’liqni saqlashning boshlang’ich bo’g’inini isloh kilish loyihasini amalga oshirish to’g’risida‖gi 100- son qaroriga muvofiq, ―Salomatlik-1‖ loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Farg’ona, Sirdaryo, Navoiy viloyatlarida hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatining uchta tumanida qishloq vrachlik punktlarini, qishloq vrachlik ambulatoriyalari va feldsher- akusherlik punktlari komplekslarini bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish mexanizmi joriy etilgan. Sog’liqni saqlash sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, barcha BTSYOKning qishloq muassasalarida moliyalashtirishning yangi mexanizmini yoyish va uni BTSYO ayrim shahar muassasalarida eksperiment sifatida joriy etish, shuningdek, ―Salomatlik-2‖ va ―Ayollar va bolalar sog’ligini mustahkamlash‖ dasturlari doirasida boshlang’ich tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini boshqarishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28-sentyabrda O’zbekiston Respublikasi ―Sog’liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida‖gi 217-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan BTSYO qishloq muassasalarini Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida – 2005-yil 1- oktyabrdan boshlab, Andijon, Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida – 2006-yil 1-yanvardan boshlab, Jizzax, Kashkadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida – 2007-yil 1-yanvardan boshlab bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish sharoitlariga bosqichma-bosqich o’tkazish nazarda tutildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ―Ayollar va bolalar sog’ligini mustahkamlash" loyihasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bilan OTB o’rtasidagi qarz bitimiga muvofiq, tuman (shahar) sog’liqni saqlash turg’un muassasalarini bir to’liq davolangan holat hisobidan kelib chiqib moliyalashtirishga o’tkazishga doir takliflar ishlab chiqildi va bu takliflar doirasida turg’un davolash muassasalarining xarajatlarini rejalashtirishda muassasaning koykalar soni, shtatlar soni kabi ko’rsatkichlari asosida rejalashtirishdek eski usullaridan har bir to’liq davolangan holat bo’yicha rejalashtirish va moliyalashtirish tartiblariga o’tildi. Bugungi kunda davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlari amaldagi byudjet tasnifining ―Sog’liqni saqlash‖ bo’limi bo’yicha muassasalar va tadbirlarning quyidagi guruhlariga ko’ra rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi1:
Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling