Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlari
-jadval Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlarining xarajat guruhlari
Download 1.09 Mb.
|
DAVLAT BYUDJETINING SOG’LIQNI SAQLASH XARAJATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar 2017-y. jamiga nisbatan foizda
- Sog’liqni saqlash xarajatlari- jami 6 882,90 100 9 562,00
16.3-jadval Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlarining xarajat guruhlaribo’yicha tarkibi va tuzilishi (mlrd.so’mda)
O’zbekiston Respublikasining ―Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida‖gi Qonunida davlat davolash-profilaktika muassasalari tomonidan aholiga kafolatlangan tibbiy va boshqa turdagi yordam bepul ko’rsatilishi belgilangan bo’lib, davlat byudjeti mablag’lari aynan ana shu xizmatlarni va ularni taqdim etuvchi muassasalarni mablag’ bilan ta‘minlash uchun yo’naltiriladi. Qonunga ko’ra, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar doirasiga quyidagilar kiradi: shoshilinch, kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam ko’rsatish; sog’liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’inida va bir qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, birinchi navbatda qishloq joylardagi tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar ko’rsatish; aholini yuqumli kasalliklarga qarshi immunizatsiyalash va emlash; ijtimoiy ahamiyatga ega va atrofdagilar sog’ligiga xavf tug’diruvchi sil, xavfli o’sma, ruhiy, narkologik, endokrinologik hamda kasb kasalliklariga duchor bo’lgan shaxslarga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko’rsatish; bolalarni tekshiruvdan o’tkazish va davolash (pullik muassasalardan tashqari); 15-17 yoshdagi o’smirlarni hamda chaqiruv komissiyalarining yo’llanmalari bilan chaqiruv yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshiruvdan o’tkazish va davolash; xomiladorlarga tibbiy xizmat ko’rsatish (pullik muassasalardan tashqari); bemorlarning imtiyozli toifalariga (nogironlar, urush faxriylari, chin yetimlar va boshqalar) bepul tibbiy xizmat ko’rsatish. Shuningdek, hukumatning tegishli qarorlari bilan davlat davolash- profilaktika muassasalarida bepul tibbiy xizmat ko’rsatish belgilangan fuqaro toifalari, turg’un davolash muassasalarida ovqatlanish hamda dori-darmon bilan ta‘minlanish uchun to’lovdan to’liq yoki qisman ozod qilinadigan fuqaro toifalari va kasallik turlari belgilangan. Sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar doirasida davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlarning miqdori va sifatini yaxshilash bilan birga, ―yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatishning prinsipial jihatdan yangi tizimi tashkil etildi. Respublikada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, shu jumladan, xirurgiya, kardiologiya, ko’z mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya, pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya sohasida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va yuqori malakali vrachlar bilan to’ldirilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyat ko’rsatmoqda‖1. Respublikaning ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamini yanada rivojlantirishning eng muhim yo’nalishlarini belgilash, uning geografiyasini tuman (shahar) darajasigacha kengaytirish, hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining mas‘uliyatini oshirish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida ―2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi‖ qabul qilindi. ―Dastur doirasida 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida davlat maqsadli jamg’armalari mablag’lari hisobidan 373,5 milliard so’m hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining mablag’lari va grantlari hisobidan 100 million AQSH dollari miqdorida mablag’ ajratilishi ko’zda tutilgan bo’lib, shundan 60 milliard so’m mablag’ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlashga va 97 million AQSH dollari respublika va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo’naltiriladi. Xulosa qilib aytganda, tibbiy xizmat iste‘molchilari uchun sog’liqni saqlash tizimi qanday manbalar hisobidan moliyalashtirilishi birinchi darajali ahamiyat 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 iyundagi ―O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi PQ-3071- son Qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017-y., 25-son, 532-modda. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga sharh. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017-y., 25-son, 532-modda. kasb etmaydi, ular uchun muhimi – ushbu tizim: aholining tibbiy xizmatlarga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirishi; tibbiy yordamning hammabopligi; tibbiy xizmatning yuqori va kafolatlangan sifati; tibbiy yordamning uzluksiz va davomiyligi; sog’liqni saqlash resurslaridan foydalanish samaradorligining yuqori bo’lishi; davlat kafolatlari doirasidagi tibbiy yordamning zamonaviy darajasini ta‘minlashi zarur. Sog’liqni saqlash sohasidagi islohotlar ham shu maqsadlar yo’lida amalga oshiriladi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling