16.2-jadval
Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlarining muassasalarining turlari bo’yicha tarkibi va tuzilishi1
Ko’rsatkichlar
|
2017-y.
|
2018-y. (prognoz)
|
miqdori, mlrd. so’m
|
sog’liqni saqlash xarajatlariga
nisbatan
|
miqdori, mlrd. so’m
|
sog’liqni saqlash xarajatlariga
nisbatan
|
Davlat byudjetining sog’liqni saqlash
xarajatlari, shundan:
|
6882,9
|
100,0
|
9562,0
|
100,0
|
Ambulatoriya xizmatlari
|
2 223,8
|
32,3
|
2565,0
|
26,8
|
Klinikalar, kasalxonalar va
tibbiyot birlashmalari va markazlar
|
1 547,2
|
22,5
|
3568,4
|
37,3
|
Ta‘lim va tibbiyot muassasalarining moddiy- texnik bazasini rivojlantirish
jamg’armasi xarajatlari
|
514,7
|
7,5
|
803,6
|
8,4
|
Boshqa turdagi tibbiyot
muassasalari va xizmatlari
|
2597,2
|
37,7
|
2625,0
|
27,5
|
Bugungi kunda davlat sog’liqni saqlash tizimining boshlang’ich, birlamchi bo’g’inini tashkil qiluvchi muassasalar tarkibiga kiruvchi 820ga yaqin qishloq vrachlik punktlari (QVP) va 950dan ortiq oilaviy poliklinikalar (OP) faoliyat yuritayotgan bo’lib, ulardagi xodimlar soni 84402 nafarni, shu jumladan, vrachlar soni 19116 (QVPlarda – 3751, OPlarda - 15365) nafarni tashkil qiladi. Shuningdek, sog’liqni saqlash tizimiga ajratilayotgan jami xarajatlarning qariyb 65-70 foizi xodimlarning ish haqiga sarf etilmoqda. Shunga qaramasdan, soha xodimlarini moddiy rag’batlantirish, sohaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish uchun asosan byudjet mablag’larining o’zi, davlat resurslarining chegaralanganligi bois, yetarli emasligini amaliyot isbotlab turibdi. Shuning uchun ham sog’liqni saqlashni isloh qilishning dolzarb yo’nalishlaridan biri – tarmoqni moliyaviy ta‘minlashning ko’p kanalli tizimini joriy etish ekanligi e‘tirof etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |