Davlat byudjetining tarkibi va uni takomillashtirish yo’llari


-rasm. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, 2022 yil


Download 39.6 Kb.
bet2/5
Sana26.10.2023
Hajmi39.6 Kb.
#1724169
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat byudjetining tarkibi va uni takomillashtirish yo’llari fayllar

1-rasm. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, 2022 yil.
Byudjеtnоmа lоyihаsigа muvоfiq, 2022 yildа Dаvlаt byudjеtining umumiy dаrоmаdlаri 129 575 mlrd sо‘mni (YаIMgа nisbаtаn 22%), shu jumlаdаn dаvlаt sоliq idоrаlаri bо‘yichа 101 596 mlrd sо‘mni (17,2%) vа dаvlаt bоjxоnа idоrаlаri bо‘yichа 24 404 mlrd sо‘mni (4,1%) vа Mоliyа vаzirligi tushumlаri 3 575 mlrd sо‘mni (0,6%) tаshkil qilishi kutilmоqdа. Jоriy yil uchun tаsdiqlаngаn 128 460 mlrd sо‘mlik pаrаmеtr 1 115 mlrd sо‘mgа (аsоsаn Dаvlаt bоjxоnа qо‘mitаsi vа Mоliyа vаzirligi tushumlаri bо‘yichа) оrtig‘i bilаn bаjаrilishi kо‘rsаtilgаn. Jоriy yildа yuzаgа kеlgаn оg‘ir pаndеmiyа shаrоiti аyrim sоliq turlаri bо‘yichа tаsdiqlаngаn prоgnоz kо‘rsаtkichlаrini bаjаrilishidа о‘zining sаlbiy tа’sirini kо‘rsаtdi. Misоl uchun, dаstlаbki hisоb-kitоblаrgа kо‘rа tаsdiqlаngаn pаrаmеtrlаr qо‘shilgаn qiymаt sоlig‘i bо‘yichа 10 281 mlrd sо‘mgа, jismоniy shаxslаrdаn оlinаdigаn dаrоmаd sоlig‘i 1 247 mlrd sо‘mgа, аylаnmаdаn оlinаdigаn sоliq 1 157 mlrd sо‘mgа, mulk sоlig‘i 203 mlrd sо‘mgа vа yеr sоlig‘i 184 mlrd sо‘mgа bаjаrilmаslik еhtimоli mаvjud. Shuningdеk, tаsdiqlаngаn pаrаmеtrlаr yuridik shаxslаrdаn оlinаdigаn fоydа sоlig‘i bо‘yichа 4 727 mlrd sо‘mgа vа bоshqа dаrоmаdlаr bо‘yichа 8 262 mlrd sо‘mgа оrtiqchа bаjаrilishi kutilmоqdа. Tаqdim еtilgаn lоyihаgа muvоfiq, 2021 yil uchun Dаvlаt byudjеti dаrоmаdlаri jаmi 147 002 mlrd sо‘mni (YаIMgа nisbаtаn 21,3%) miqdоridа prоgnоz qilinmоqdа, 2022 yilgа mо‘ljаl – 173 550 mlrd sо‘mni (20,4%), 2023 yilgа mо‘ljаl – 200 708 mlrd sо‘mni (20,2%) tаshkil qilmоqdа. 2021 yil uchun Dаvlаt byudjеti dаrоmаdlаri dаvlаt sоliq idоrаlаri bо‘yichа 112 962 mlrd sо‘mni (YаIMgа nisbаtаn 16,4%), dаvlаt bоjxоnа idоrаlаri bо‘yichа 28 993 mlrd sо‘mni (4,2%) vа Mоliyа vаzirligi tushumlаri bо‘yichа 5 047 mlrd sо‘mni (0,7%) tаshkil qilmоqdа. 2021 yil uchun dаvlаt byudjеti dаrоmаdlаrini prоgnоzi sеzilаrli tа’sir kо‘rsаtuvchi nаrx vа vаlyutа kurslаrning о‘rtаchа miqdоrlаri аsоsidа hisоb-kitоb qilingаn.
2022 yilgi konsolidasiyalashgan byudjeti xarajatlari 215 945,2 mlrd so‘mni yoki YaIMga nisbatan 31,9 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda. Davlat byudjeti xarajatlari 149 681,6 mlrd so‘mni (Davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkaziladigan 15 896,4 mlrd so‘m transfertlardan tashqari), davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari 40 740,0 mlrd so‘mni hamda ‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlari 13 423,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Davlat byudjetidan maqsadli jamg‘armalarga o‘tkazib beriladigan 15 896,4 mlrd so‘m miqdoridagi transfertlar alohida ko‘rsatilgan va Qonun Loyihasida keltirilgan.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti ijtimoiy yo’naltirilganligi bilan boshqa davlatlardan ajralib turadi. Xususan, 2018 yilda 43,0 trln.so’m yoki jami xarajatlarning 54,8 foizi aynan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun yo’naltirildi, shuningdek 2019 yilda 58 trln.so’mdan ortiq yoki jami xarajatlarning 54,2 foizi ushbu sohalarga ajratildi. 2020 yilda ham davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha ustuvorlik kasb etmoqda(YaIMga nisbatan 51 foiz, yoki 66 trln. so’m). Quyida siz 2021 yil uchun prognoz qilingan ijtimoiy xarajatlar tarkibini ko’rishingiz mumkin. 6-rasm. Ijtimoiy xarajatlar tuzilmasi, 2021 yil mlrd.so'mda.
Davlat budjetidan 2021 yilda deyarli 86,6 trln.so’mdan ortiq yoki jami xarajatlarning 52 foizi ijtimoiy sohaga yo’naltiriladi. Ijtimoiy xarajatlar tarkibida ta’lim sohasiga yo’naltirilgan mablag’lar eng katta ulushga ega bo’lib, 34,5 trln.so’m yoki Davlat budjeti xarajatlarining 20,8 foizi hamda YaIMning 5 foizini tashkil etadi. Sog’liqni saqlash sohasiga 19,6 trln.so’m hamda nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to’lovlari uchun 10,2 trln.so’m yo’naltirilishi belgilangan. Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi taqchilligini qoplash uchun budjetdan 14,7 trln.so’m mab’lag’ ajratilganini ko’rishimiz mumkin.
2022 yil uchun Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining xarajatlarini shakllantirish hisob-kitoblari tahlil qilinganda, byudjet loyihasi quyidagi usulda:
2021 yil va undan oldingi yillarda tasdiqlangan hamda 2020 yilda yakuniga yetkazilgan dasturlarni xarajatlar tarkibidan chiqarish; 2020 yil davomida xarajatlar strukturasida bo‘lgan o‘zgarishlar sohalar o‘zgarishi, yangi tashkil etilgan tashkilotlar)ni hisobga olish; 2021 yil byudjetida mebel' va ofis jihozlari uchun 257,2 mlrd so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2021 yil loyihasida ushbu miqdor 10 foizga ko‘paytirilib 282,9 mlrd so‘m rejalashtirilgan.
Xuddi shuningdek, avtotransport vositalarini (maxsus texnikadan tashqari) sotib olish uchun 2020 yil byudjetida 319,1 mlrd so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2021 yil loyihasida ushbu miqdor 10 foizga ko‘paytirilib 351 mlrd so‘m rejalashtirilgan. Qonun loyihasining 1-ilovasi bilan 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidasiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2022–2023 yillarga byudjet mo‘ljallari ma'lumot uchun qabul qilinishi belgilangan. Unga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olgan holda 165 578 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Qonun loyihasining 5-ilovasiga asosan 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdori 135 629,4 mlrd so‘mni tashkil etadi (shundan, 10 411,8 mlrd.so‘mi O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi transfertlar).
Qonun loyihasining 6-ilovasiga asosan 2021 yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining xarajatlari prognozlari 40 057,8 mlrd so‘mni tashkil etadi (shundan, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar 595,8 mlrd.so‘mni tashkil etadi).
Tahlil natijasida, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning jami xarajatlari prognozi 164 679,8 mlrd so‘mni tashkil etgani holda, qonunning 1-ilovasidagi davlat byudjeti xarajatlari asossiz ravishda 898,4 mlrd so‘mga oshirilgan holda ko‘rsatilganligi aniqlandi

2-rasm Davlat byudjeti xarajatlari tuzilmasi


Davlat byudjeti xarajatlarning qariyb yarmi ijtimoiy sohaga yoki umumiy xarajatlarning 22,9 foizi ta’lim sohasiga yo‘naltirilishi kutilmoqda.
2020 yilda umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarini moliyalashtirish uchun 20,885 trln. so‘m yoki umumiy ta’lim xarajatlaridan 70 foizini yo‘naltirish rejalashtirilmoqda
3-rasm. Budjet xarajatlari tarkibi,2021 yil
Mamlakatimiz iqtisodiyoti ijtimoiy yo’naltirilganligi bilan boshqa davlatlardan ajralib turadi. Xususan, 2018 yilda 43,0 trln.so’m yoki jami xarajatlarning 54,8 foizi aynan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun yo’naltirildi, shuningdek 2019 yilda 58 trln.so’mdan ortiq yoki jami xarajatlarning 54,2 foizi ushbu sohalarga ajratildi. 2020 yilda ham davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha ustuvorlik kasb etmoqda(YaIMga nisbatan 51 foiz, yoki 66 trln. so’m).
4 -rasm Umumta’lim muassasalarining asosiy ko’rsatkichlari.

Download 39.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling