35-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo‘riqnomasi
Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo‘riqnomasi davlat fuqarolik xizmatchisining
mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydigan hujjatdir.
Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo‘riqnomasi davlat organining rahbari tomonidan
tasdiqlanadi yoki qonunchilikda belgilanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi mehnat shartnomasini imzolashdan oldin davlat fuqarolik
xizmatchisi lavozim yo‘riqnomasi bilan imzo qo‘ydirib tanishtirilishi kerak.
36-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining samaradorligini baholash
Davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish hamda xolisona va adolatli mezonlar asosida
xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarilishini ta’minlash uchun uning faoliyati samaradorligini eng
muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash tizimi joriy etiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida
baholash uslubiyati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Davlat organi davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash
uslubiyatiga muvofiq faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘z ichki tartibini
belgilaydi.
37-modda. Davlat fuqarolik xizmati bo‘yicha ko‘tarilish
Davlat fuqarolik xizmati bo‘yicha ko‘tarilish davlat fuqarolik xizmatchisining o‘z kasbiy
kompetensiyasini uzluksiz ravishda oshirib borishi hisobiga xizmat faoliyatining natijadorligi
asosida yuqoriroq lavozimga tayinlash yoki yuqoriroq malaka darajasini berish orqali amalga
oshiriladi.
38-modda. Boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga o‘tkazish
Davlat fuqarolik xizmatchisini boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga o‘tkazish uning
yozma roziligi bilan amalga oshiriladi.
Tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, o‘z egallab turgan lavozimi bo‘yicha xizmat
majburiyatlarini bajara olmaydigan davlat fuqarolik xizmatchisiga uning yozma roziligi bilan kasbiy
kompetensiyalariga mos bo‘lgan va sog‘lig‘ining holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma mavjud
bo‘lmagan boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |