davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlarga davlat fuqarolik xizmatchisi
tomonidan rioya etilmaganligi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining tugatilganligi davlat fuqarolik
xizmatchisi huquqiy
maqomining yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi.
51-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishi
oqibatlari
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda
tugatilganligi aniqlangan
taqdirda davlat fuqarolik xizmatchisi avvalgi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklanadi,
buning
imkoni bo‘lmaganda esa (davlat organining tugatilganligi, shtatlar qisqartirishga sabab bo‘ladigan
tarzda o‘zgartirilganligi yoki ushbu xizmatchini avvalgi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklashga
monelik qiladigan, qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lganda) avvalgi lavozimiga
teng bo‘lgan boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlanadi.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tiklangan davlat fuqarolik xizmatchisiga uning faoliyati
qonunga xilof ravishda tugatilganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishida aybdor bo‘lgan
shaxs qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining
qonunga xilof ravishda tugatilishi bilan bog‘liq zararning miqdori
aybdor shaxsdan regress
tartibida undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: