Давлат гранти асосида битираётган талаба билан иш берувчи ўртасида 3 (уч) йил мажбурий ишлаб бериш тўғрисида
Download 205.5 Kb.
|
MULKCHİLİK KONSEPSİYASİNİNG İQTİSODİY USTUNLİKLARİ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulkiy xuquqlar
Tabaqali mulk – oldingi davrda asosiy mehnat sharoiti bo`lgan tabiiy resurslarga tabaqali monopoliyalar shakllanishi bilan tavsiflanadi, dvoryanlarning o`zlariga «biriktirilgan» mol-mulkni tasarruf etish huquqi borgan sayin kengayishi bilan izohlanadi.
Tabaqali mulkchilikning asosiy xususiyatlari: mulkdorlar sinfining paydo bo`lishi; ishlab chiqarish vositalari cheklangan aylanmasining paydo bo`lishi; v) hokimiyat huquqlariga nisbatan mulkiy huquqlarning cheklangan xususiyati; g) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi; d) mulkdan olinadigan daromadni qayta taqsimlash yangi shaklining paydo bo`lishi. Rivojlanishning Yevropa modeliga xos bo`lgan tabaqali mulkchilik instituti davlat mulkchiligidan xususiy mulkchilikka o`tish bosqichi sifatida ta’riflanadi. Xususiy mulkchilik individning jamoaviy xo`jalik faoliyatidan ajralib chiqishini o`zida namoyon etadi va quyidagi asosiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi: iqtisodiy agentlarning mustaqilligi; mehnt sharoitlari va natijalarining erkin aylanishi; hokimiyat huquqlariga qaraganda mulkiy huquqlarning yetarliligi; mulkdorning mulkiy javobgarligi. Xususiy mulk institutining shakllanishi tobelikning yangi shakli – iqtisodiy tobelikning paydo bo`lishiga olib keldi. Xodimning ishlab chiqarish vositalaridan ajralishi bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchining o`z mehnatining mahsuliga bo`lgan huquqidan mahrum etilishi yuz berdi. Korporativ mulk. Ko`plab tadqiqotchilar korporativ mulkni xususiy mulk bilan tenglashtirib, korxonani tashkil etishning korporativ shaklini mulkiy majmuani ishonchli boshqarish shakli sifatida talqin etishni taklif qilishadi. Korporativ mulkchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: mulkning ayrim shaxslarga taqsimlanganligi; iqtisodiy agentlarning tobelik munosabatlari; iqtisodiy agentlar javobgarligining cheklanganligi; qayta taqsimlash munosabatlari sohasida mulkdan keladigan daromadlar rolining keskin ortishi; mulkdor – korporatsiya huquqlarini bilvosita himoyalash orqali mehnat sharoitlarini takroriy yaratish. Ijtimoiy mulk. Ijtimoiy mulk yuridik va jismoniy shaxslar mulki bilan birga mavjud bo`ladi. Jamiyat mulki, ko`p holatlarda davlat tomonidan boshqarilishiga qaramay, unga tegishli emas. Jamiyatning muammosi resurslarni takroriy yetishtirish va mulkdan daromad – monopol rentani olish ustidan nazorat o`rnatishdan iborat. Ijtimoiy mulkchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilarni o`z ichiga oladi: jamiyatning hokimiyat apparati sifatida davlatdan ajratilishi; jamiyatning tabiiy resurslarga monopoliyasi; v) ijtimoiy mulk ob’ektlaridan foydalanishning konsession mexanizmi; g) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi; d) ijtimoiy mulkdan keladigan daromadlardan jamiyat a’zolarining ijtimoiy ahamiyatli ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish. Ko`p pag`onali mulkchilikning vujudga kelishi mulkdor vakolatlarining turli xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`rtasida taqsimlanishi jarayonini o`zida namoyon etadi. Ko`p pag`onali mulkchilikning asosiy xususiyatlari: mol-mulk va hokimiyatning ajratilmaganligi; mol-mulk uchun to`liq huquqlariga ega bo`lgan shaxslarning mavjud emasligi; v) mulkdor vakolatlarini amalga oshirishda ishtirok etishning xizmat xususiyati; g) ular o`rtasida mulkchilik vakolatlari taqsimlanadigan sub’ektlar o`rtasidagi tobelik munosabatlari; d) mehnat sharoitlarining ishlab chiqaruvchilarga biriktirilishi. Ta’kidlash lozimki, ko`p pag`onali mulkchilik instituti barcha xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning mehnat sharoitlarini tasarruf etishdagi huquqlarini sezilarli darajada cheklagani holda, mehnat natijalarining erkin aylanishinini istisno etmadi. Demak, tabiiy resurslar emas, balki xo`jalik faoliyatining mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy vositalariga aylanishiga qarab mazkur institutning iqtisodiy asosi nuray boshladi. Lekin bu noiqtisodiy majburlashga asoslangan hokimiyat o`z mavqeini osongina bo`shatib berganligini anglatmaydi. Ko`p pag`onali mulkchilik instituti o`z shaklini o`zgartirdi. Tarixga ushbu o`zgarishning ikkita yo`nalishi ma’lum: totalitar va byurokratiya mulkchiligi. Totalitar mulkchilikka sobiq SSSRda mavjud bo`lgan «davlat mulkchiligi» instituti yaqqol misol bo`ladi. Totalitar mulkchilikka mos keluvchi rejali-taqsimlash iqtisodiyotida xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`zlariga biriktirilgan mol-mulkka faqat amalda egalik qilishadi va o`zlari ishlab chiqargan mahsulotning ham, uni sotishdan olingan mablag`larning ham egasi hisoblanmaydi. Totalitar mulkchilikning asosiy xususiyatlari: hokimiyat va mulkning ajratilmasligi; ishlab chiqarish vositalariga davlat monopoliyasi; mehnat sharoitlarining xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`rtasida markazlashgan tarzda qayta taqsimlanishi; ishlab chiqaruvchining o`zi yetishtirgan mahsulot va uni sotishdan olinadigan daromadni tasarruf etish huquqidan mahrum etilishi; mehnat sharoitlarini markazlashgan rejalashtirish mexanizmi yordamida takroriy yaratish. Byurokratiya mulkchiligi ko`p pag`onali mulkchilik rivojlanishining tabiiy mahsuli hisoblanadi. Ishlab chiqarish emas, balki qayta taqsimlash katta pullarni paydo qiladi. Uning asosiy xususiyatari: mulkchilik huquqlarini himoya qilishning samarali tizimi mavjud emasligi; resurslar va mahsulotlarni qayta taqsimlash jarayonida amaldorlar ishtirokining qonunchilikda belgilangan imkoniyati; v) narxlar va tariflarning byurokratik tartibga solinishi; g) xufyona iqtisodiyotning katta ulushi; d) mehnat sharoitlarini takror yaratish samarali mexanizmining mavjud emasligi. Hokimiyat va mulkning ajralmasligining rasmana tan olinishi bilan xususiy mulkchilik huquqini buzmasdan qolmaydi. Noiqtisodiy majburlashga asoslangan hokimiyat mulkdorning erkin irodasiga qaraganda iqtisodiy hayotning muhim omili hisoblanadi. Hokimiyat tuzilmalarida ishtirok etish orqali beriladigan imkoniyatlar xo`jalik faoliyatidan kelib chiqadigan imkoniyatlarga qaraganda ancha yuqori. Hokimiyaga ega bo`lgan amaldorlar shaxsiy boylikni ko`paytirish uchun hokimiyat imkoniyatidan foydalanishadi. Lekin hokimiyat o`z egasiga mulkdan ko`ra ko`proq narsani beradi, ularning sa’y-harakatlari birinchi navbatda hokimiyatni saqlab qolishga yo`naltirilgan. Hokimiyatni yo`qotib, ular, odatda, mulkni ham yo`qotishadi. Mulkiy xuquqlarDownload 205.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling