Давлат гранти асосида битираётган талаба билан иш берувчи ўртасида 3 (уч) йил мажбурий ишлаб бериш тўғрисида
Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy
Download 205.5 Kb.
|
MULKCHİLİK KONSEPSİYASİNİNG İQTİSODİY USTUNLİKLARİ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1-расм. Мулк шаклларининг ривожланиши
Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiyshakllari Iqtisodiyotda, xususan mulkiy munosabatlar shakllarini o`rganishda mulkni tasniflash muhim o`rin tutadi. Ko`pchilik iqtisodchilar va faylasuflar uchun tasniflash mezoni sifatida mulk subekti olinadi. Agar mulk bir shaxsga tegishli bo`lsa, u – xususiy. Agar u bir necha shaxsga tegishli bo`lsa – jamoaviy. Agar u butun jamiyatga tegishli bo`lsa – umumxalq yoki davlat mulki hisoblanadi. Bunday yondashuv G`arbdagi tadqiqotchilar uchun mulkning uchta shaklini ifodalashga asos bo`lgan.: xususiy, jamoaviy va ijtimoiy. Ba’zan ularga aksiyadorlik (korporativ) va davlat shakllari ham qo`shimcha qilinadi. Ba’zida aksiyadorlik mulkini jamoaviy shakl deb, davlat mulkini esa ijtimoiy shakl deb hisoblashadi. Lekin bundan mohiyat o`zgarmaydi. ixtiyoriy shakldagi mulkning namoyon bo`lishi qator omillarga bog`liq. Jumladan: mehnat sharoitlari va natijalarini o`zlashtirib olish usullari; mehnat sharoitlari va natijalarini tasarruf etish xususiyatlari; mehnat sharoitlarini takror yaratish; faoliyat turlari bo`yicha almashishning asosiy usuli; natijalari qayta taqsimlash usullari; Mulkchilik munosabati tarixan qanday shakllarda rivojlanganligi katta qiziqish uyg`otadi (4.1-rasm). Жамоавий 4.1-расм. Мулк шаклларининг ривожланишиMulkchilikning eng dastlabki shakli jamoaviy mulk G`arb huquqiy tizimining asos (antik taraqqiyot)ini tashkil etadi. U uchta asosiy xususiyat bilan tavsiflanadi: jamoaviy mulk jamiyatga – uni to`laqonli a’zolar deb tan oluvchi indvidlar yig`indisiga tegishli; jamoaviy mulkni qayta taqsimlash huquqi mutlaq jamiyatga tegishli; jamoaviy mulk jamoaviy huquq normalari bilan tartibga solinadi. Jamoaviy mulkning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat: boshqarish (taqsimlash) ijtimoiy; egalik qilish xususiy; v) jamoaviy mulk ob’ektidan voz kechish taqiqlangan; g) ijtimoiy majburiyatlar tizimi; d) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi. Jamoaviy mulk rivojlanishi davlatchilikni yuzaga keltirgan. Ushbu bosqichida davlat majbur etish apparati sifatida hali jamiyatga qarshi turmaydi. Oliy mulk davlat mulkining dastlabki shaklidir. Davlatni tashkil etish ko`p hollarda mulkni, masalan, yerni zo`rlik bilan tortib va bosib olishlar oqibati bo`lgan. Oliy mulkning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat: mulk va hokimiyatning bo`linmasligi; xizmat uchun mukofot sifatida resursni hadya qilish shaklida faoliyat bilan almashish; v) mehnat sharoitlarini ishlab chiqaruvchilarga biriktirish (xususiy egalik); g) biriktirilgan resurslarni tasarruf etish uchun davlat monopoliyasi; d) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi. Davlat boshlig`i bunday mulkning «oliy mulkdoriga» aylangan va ularni o`z fuqarolariga tarqatgan (hadya qilgan). Yerni egalikka olish va undan foydalanish sharti davlatga xizmat qilishdan iborat bo`lgan. Oliy hokimiyat ixtiyorida eng muhim ta’sir etish vositasi – tortib olish (tasarruf etish) huquqi qoldirilgan. Bu bir vaqtning o`zida ikkita o`zaro bog`liq vazifani hal etish imkonini bergan: ishlab chiqaruvchining ehtiyojlarini qondirish va ishlab chiqaruvchini o`zi foydalanadigan resursni takror yetishtirishga majbur qilish. Asta-sekin vaqt o`tishi bilan oliy mulkchilik instituti sharoitida, davlat monopoliyasi xo`jalik faoliyati mahsulotlari bilan almashuv rivojlanishiga to`sqinlik qila boshlagan. Iqtisodiy ehtiyojlarning ta’siri ostida mulkchilik instituti o`zgara boshladi. Natijada turli ishlab chiqarish usullariga xos bo`lgan ikkita turli institut shakllandi: tabaqali va ko`p pog`onali mulk. Download 205.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling