Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet153/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

2-masala.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Ishlar boshqarmasi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” Nizom tasdiqlandi. Ushbu nizomga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash vazifasi yuklatildi. Biroq O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik normalarida Parlament faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash davlat boshlig’ining vakolati doirasigi kirishi nazarda tutilmagan.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Sizning fikringizcha, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari faoliyati qanday yo’l bilan moddiy-texnik ta’minlanishi lozim? O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari faoliyati moddiy-texnik ta’minlanishining huquqiy asoslarini ko’rsating.
3-masala. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senat tomonidan ma’qullangan qonunni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z e’tirozlari bilan qaytardi. Qonun avvalgi qabul qilingan tahririda qayta ovozga qo’yilib, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining to’rtdan uch qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan ma’qullandi, ya’ni Prezident vetosi yengib o’tildi. Biroq davlat boshlig’i qayta ovoz berish protsedurasi qo’pol ravishda buzilganligini ko’rsatib qonunni imzolamasdan qoldirdi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik sohasidagi vakolatlarini tahlil qiling. “Prezident vetosi” nima, uning qanday ko’rinishlari mavjud? Prezident vetosini yengib o’tilganda qonun davlat boshlig’i tomonidan imzolanishi shartmi ?


4-masala.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga aynan bir nomzod O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 3 marotada rad etilda. So’ngra davlat boshlig’i Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi fraktsiyalar va deputatlik guruhlari bilan takroriy muzokaralar olib borib, Bosh vazir lavozimiga yangi nomzodni taklif qildi va ushbu nomzod Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlandi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Prezidentning Bosh vazirni tayinlash va lavozimidan ozod qilishdagi ishtirokini qonunchilik normalari asosida yoritib bering. Yuqoridagi masala qaynay hal qilinadi?


5-masala.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolati muddati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqdi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egalladi. Senat a’zosi va sobiq davlat boshlig’i bo’lganligi sababli unga davlat muhofazasi berildi, xavfsizligini ta’minlash esa O’zbekiston Respublikasi IIVning Qo’riqlov xizmati zimmasiga yuklatildi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Iste’foga chiqqan Prezidentga davlat muhofazasi beriladimi?Sobiq Prezident qanday imtiyozlardan foydalanadi?

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling