Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


mavzu:O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi


Download 1.28 Mb.
bet154/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

10. mavzu:O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi.
Reja:
1.O’zbekistonda Parlamentni vujudga kelishi va parlament islohotlari.
2.Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o’rni va vazifasi.
3. Oliy Majlisning tarkibiy tuzilishi va palatalarni tashkil etish tartibi.
4.Oliy Majlis palatalarining tashkiliy faoliyati shakli va ichki tuzilishi
5.Oliy Majlis palatalarining vakolatlari


1. O’zbekistonda Parlamentni vujudga kelishi va parlament islohotlari

Rasmiy ravishda saylab qo’yiladigan va qonun qabul qiladigan organ O’zbekistonda mustaqillik davrigacha ham mavjud bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti deb atalardi. Lekin, u tub mohiyati bilan parlamentdan ancha yiroq organ edi.


SHuning uchun, O’zbekistonda parlamentni vujudga kelganini 1990 yilda saylangan Oliy Sovet faoliyati bilan bog’lansa xato bo’lmaydi.
Ittifoq davrida faoliyat ko’rsatishni boshlagan bu Oliy Sovet, O’zbekiston mustaqilligi, jamiyatda demokratiya rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shdi.
Konstitutsiyamizda oliy qonunchilik organimiz Oliy Majlis o’z tilimizda bayon etildi. Konstitutsiyamizning XXII bobi “O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi” deb nomlandi. Unga asosan Oliy Majlis O’zbekiston fuqarolari tomonidan umumiy, teng, to’g’ri saylov printsipi asosida yashirin ovoz orqali ko’ppartiyaviylik asosida saylanadigan qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradigan oliy davlat organi deb belgilandi. Vakolat muddati besh yil qilib o’rnatildi. Konstitutsiyaga asosan Oliy Majlis bir palatali strukturada tashkil qilinishi nazarda tutildi.
1993 yil 28 dekabrda “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”48, 1994 yil 22 sentyabrda “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida”49 qonuni qabul qilindi.
1994 yil 25 dekabrda Oliy Majlisga saylov o’tkazildi. Saylov eng demokratik printsip va talablar asosida o’tdi. Mamlakatda tashkil qilingan 250 ta saylov okrugidan 139 tasida uchtadan, 106 tasida ikkitadan nomzod qo’yilib, saylov o’tkazildi. Saylovlar ko’ppartiyaviylik asosida o’tdi. Ayrim okruglarda takroriy ovoz berish, takroriy saylovlar o’tkazilib, birinchi marta mustaqillik sharoitida mamlakat parlamenti shakllantirildi. Bu parlament o’z ishini 1995 yil 23 fevralьdagi majlisi bilan ish boshladi.
Oliy Majlisda davlat hokimiyati vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlik bloki va 69 deputatdan iborat Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi, 47 deputatdan iborat “Adolat” sotsial-demokratik fraktsiyasi, 14 deputatdan iborat “Vatan taraqqiyoti” partiya fraktsiyasi ro’yxatga olindi.
“Vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahondagi eng demokratik tizimlaridan biri tashkil etildi. O’zbekiston Parlamenti-Oliy Majlis ilk marta ko’ppartiyaviylik asosida saylandi”50‑ deb ta’kidladi O’zbekiston Prezidenti.
1995 yilda saylangan parlament ‑ Oliy Majlis O’zbekiston hayotida, xalqlar taqdirida muhim rolь o’ynadi. Jamiyatni rivojlanishini ta’minlovchi huquqiy asoslar yaratildi. Parlamentda halqchillik o’rnatildi. Parlamentda ishlash tajribasi vujudga keldi, aytish mumkinki, u mustaqillikni mustahkamlanishi, mamlakatda barqarorlikni ta’minlash kabi muhim vazifalarni bajardi.
Parlamentni tashkil qilish masalasi yuzasidan halqni fikrini bilish maqsadga muvofiq deb topilib, 2002 yil 27 yanvarda referendum o’tkazilib uni ikki palatali parlamentga o’tish hamda Prezident vakolati muddatini besh yildan yetti yilga o’zgartirish haqidagi masala kiritildi.
2002 yil 27 yanvarda bo’lib o’tgan referendumda aholi ikki palatali parlament tuzilishini va Prezident vakolati yetti yil qilib belgilashni ma’qulladi.
Oliy Majlis sessiyasida 2002 yil 4 aprelьda “Referendum yakunlari va davlat hokimiyatini tashkil qilishining asosiy printsiplari to’g’risida”51Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Qonun 1-moddasida ushbu qonun Konstitutsiyaning moddalariga va amaldagi qonun hujjjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishiga asos bo’lishi mustahkamlab qo’yildi.
Qonun respublikada saylov o’tkazilishi muddatlari, Oliy Majlisning tuzilishini, Qonunchilik palatasi va Senatni tashkil etish tartibi, palatalarning ishini tashkil etish, Prezidentning vakolat muddatini belgilab qo’ydi.
Bu o’zgartirish va qo’shimchalar o’z navbatida Konstitutsiyaga, uning tegishli bob va moddalariga kiritildi.
Natijada Oliy Majlis ikki palatadan: yuqori palata Senatdan va quyi palata Qonunchilik palatasidan iborat qilib belgilandi. Qonunchilik palatasi doimiy ishlovchi, professional a’zolardan iborat tuzilma, Senat a’zolari senatorlik faoliyatini asosiy ishlash joyidan ajralmagan holda olib borishi belgilandi.
Konstitutsiyada har ikki palataning mutloq vakolatlari, birgalikdagi vakolatlari, qonunchilik jarayonining konstitutsiyaviy asoslari belgilab qo’yildi.
2004 yilda “O’zbekison Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi va unda Senatni tashkil qilish bilan bog’liq tartiblar belgilandi.
2002 yil 12 dekabrьda “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida” va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida” ikkita Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.52
2003yil dekabr oyida bo’lib o’tgan umumiy, to’g’ri, teng saylov natijasida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va saylovda saylangan mahalliy vakillik organlari deputatlarining qo’shma majlisida o’tkaziladigan saylovlar natijasida Oliy Majlisning yuqori palatasi shakllantirildi va O’zbekistonda ikki palatali professional parlament faoliyati boshlandi.
SHu bilan parlament islohotlari tugagani yo’q, uni takomillashtirish davom etmoqda.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling