4. Oliy Majlis palatalarining tashkiliy faoliyati shakli va ichki tuzilishi
Oliy Majlis tashkiliy shakli, ularning faoliyatini amalga oshirish usuli bo’lib, shu orqali palatalar o’zlarining vazifalarini bajaradi, vakolatlarini amalga oshiradi. Palatalar faoliyatining shakli Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo’yilgan.
Palatalarning ichki tuzilishi, har bir palataning tarkibiy tuzilmalari yig’indisidan iborat bo’lib, ular palatalarning ishini tashkil qilishga, palatalarga o’z vazifasini bajarishga yordam beradi. Palatalarning ichki tarkibiy tuzilmasini tashkil qilish, ularning vazifasi Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan.
Qonunchilik palatasi:
Konstitutsiya va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida”gi qonunga asosan, Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning sessiyalari davrida o’tkaziladigan majlislaridir.
Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etishning printsiplari: masalalarini birgalikda va erkin muhokama qilish, oshkoralik, jamoatchilik fikrini hisobga olish hisoblanadi. (Bu printsiplar Senat faoliyatiga ham taalluqlidir)
Qonunchilik palatasining navbatdagi sessiyalari qoida tariqasida sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyunь oyi oxirgi ish kuniga qadar o’tkaziladi. Bu Qonunchilik palatasining doimiy ishlovchi organligidan kelib chiqib o’rnatilgan.
Palataning majlislari agar ularda barcha deputatlar sonining kamida yarmi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilishda barcha deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislarida, shuningdek ularning organlari majlislarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, Respublika Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi raislari, Bosh prokurori, Markaziy banki boshqaruvining raisi ishtirok etishi mumkin.
Qonunchilik palatasi majlislariga,davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, OAV vakillari takdif qilinishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:
Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalrni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
Qonunchilik palatasi qo’mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
O’zbekiston Respublikasi Qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil qiladi.
Parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda halqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog’liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, halqaro va o’zga tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish ko’radi.
Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi
Ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarini amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining Spikeri farmoyishlar chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |