Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet160/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Birinchi, bu – qonunchilik sohasidagi vakolatlar, bu Oliy Majlisning asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Konstitutsiya qabul qilish, unga o’zgartirish kiritish, konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilish va ularga o’zgartirish kiritish palatalarning birgalikdagi vakolatidir.
Ikkinchi, mamlakatni ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish, jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi eng muhim masalalarda referendum belgilash, halqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish.
Uchinchi, Davlat qurilishi sohasidagi vakolatlari, bularga: qonun chiqaruvchi, ijro hokimiyati va sud hokimiyati organlari tizimi va vakolatlarini belgilash; mamlakat tarkibiga yangi tuzilmalarni qabul qilish va chiqarish, mamlakatni ma’muriy-hududiy tuzilmasini belgilash, markaziy muassasalarni tuzish to’g’risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash, MSK ni tuzish, Bosh vazir nomzodini ko’rib chiqish.
To’rtinchi, mamlakatni iqtisodiy rivojlanishi bilan bog’liq vakolatlar, bularga: davlat byudjetini qabul qilish va ijrosini nazorat qilish, soliqlar va boshqa to’lovlarni joriy qilish.
Beshinchi, mamlakatni xavsizligin ta’minlash bilan bog’liq vakolatlar bularga: Prezidentning urush holati, umumiy safarbarlik, favqulodda holat joriy etish to’g’risida farmonlarni tasdiqlash.
Oltinchi, nazorat sohasida vkolatlari, bularga: davlat byudjetini bajarilishini nazorat qilish, Bosh vazir hisobotini eshitish, Hisob palatasini hisobotini ko’rib chiqish kabilar kiradi.
Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlarini amalga oshirishda Prezident, Vazirlar Mahkamasi ishtirok etadi.
O’zbekiston Konstitutsiyasining 79-moddasida Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatida ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:

  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash;

  2. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish;

  3. O’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

  4. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati maslalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.

Konstitutsiyada Oliy Majlis Senatining ham mutlaq vakolatlari belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaning 80-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining senati mutlaq vakolatlariga :

  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarining raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash.

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudini saylash

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisini tayinlash hamda uni lavozimidan ozod etish

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarni tasdiqlash

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish

  9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish

  10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya hujjatlarini qabul qilish

  11. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagt masalalarni hal etish

  12. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisining, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisining hisobotlarini eshitish

  13. O’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish

  14. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish.


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling