Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Senat faoliyatini tashkiliy shakli va Senatning tarkibiy tuzilmasi


Download 1.28 Mb.
bet158/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

2.Senat faoliyatini tashkiliy shakli va Senatning tarkibiy tuzilmasi
Konstitutsiya va qonunlarga asosan Senat faoliyatining tashkiliy shakli uning majlisidir. Senatning birinchi majlisi MSK tomonidan Senat tarkib topgandan keyin bir oydan kechiktirmay chaqiriladi, majlisni MSK raisi ochib, Senat Raisi saylanguncha majlisga raislik qiladi.
Senat doimiy ishlovchi palata emas, uning majlislari zaruratga qarab, lekin kamida bir yilda uch marta o’tkazilishi kerak.
Senatning navbatdan tashqari majlisini o’tkazilishi ko’zda tutilgan bo’lib, u Prezident, Senat Raisi taklifiga binoan yoki Senat a’zolari umumiy sonining uchdan bir qismi taklifi bilan chaqirilishi mumkin.
Senat majlislarida qonunchilik palatasida qabul qilingan qonunlar ma’qullanadi yoki rad etiladi, shuningdek Senat hujjatlari qabul qilinadi.
Senat majlisi agar unda senatorlar umumiy sonini yarmidan ko’pi ishtirok etayotgan bo’lsa vakolatli hisoblanadi. Konstitutsiya qabul qilish va unga o’zgartirish kiritish, Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilishda senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.
Senat va uning organlari majlislarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi raislari, Bosh prokurori ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari Konstitutsiya (81 modda) Senat majlislarida va uning organlari majlislarida Markaziy bank boshqaruvi raisi ishtirok etishi ham ko’rsatilgan.
Senat majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, OAV vakillari taklif etilishi mumkin.
Senat ham o’z ichki tuzilmasiga ega.
Senat birinchi majlisida O’zbekiston Prezidentining taqdimiga binoan Senat a’zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan Senat vakolat muddatiga Senat Raisini saylaydi.
Birinchi majlisda Senat Raisi bilan uning o’rinbosarlari saylanadi, o’rinbosarlardan biri Qorqalpog’iston vakili bo’ladi.
Senat Raisi o’z vazifasini bajarishi davrida siyosiy partiyalar va harakatlarga a’zolikni to’xtatib turadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:

  1. Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;

  2. Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalrni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;

  3. Senat qo’mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

  4. O’zbekiston Respublikasi Qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil qiladi.

  5. Parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda halqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog’liq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi.

  6. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, halqaro va o’zga tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarda Senat nomidan ish ko’radi.

  7. Senat qarorlarini imzolaydi

  8. Ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarini amalga oshiradi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi.(Konstitutsiyaning 86-moddasi)

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling