Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


 Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o’rni va vazifasi


Download 1.28 Mb.
bet155/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

2. Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o’rni va vazifasi

Oliy Majlis – parlamentning davlat hokimiyati tizimidagi o’rnini aniqlash uchun, avvalo parlamentning o’zini davlatchilikdagi, halq hokimiyatchiligini amalga oshirishdagi rolini aniqlash, boshqacha aytganda shu haqda tassurotga ega bo’lishi kerak.


Parlamentni vujudga kelishi – jahon davlatchilik tajribasidagi eng yirik voqea desa bo’ladi. Parlamentni vujudga kelishi birinchidan, ming yillar davomida yashab kelgan davlat hokimiyatini bir kishi (monarx) qo’lida to’planishiga barham berdi. Ikkinchidan, yakka hukmronlikni chegaraladi. Uchinchidan, davlat hokimiyatini tarmoqlar asosida amalga oshirishi imkoniyatini vujudga keltirdi. To’rtinchidan, hokimiyat ishlarida mamlakat aholisini (fuqarolarini) ishtirok etishining samarali vositasi vujudga keldi. Beshinchidan, davlat, jamiyat faoliyatida vakillik nazoarti vujudga keldi. Oltinchidan, qonun ishlab chiqish, qabul qilish professionalizm asosida olib boriladigan bo’ldi.
Parlamentizm vujudga kelishi keyinchalik davlat boshqaruvini eng demokratik, davlat boshqaruvida ko’pchilikni ishtirokini ta’minlaydigan respublika shaklini paydo bo’lishi va rivojlanishiga ta’sir qildi.
Parlamentizm vujudga kelishi va rivojlanishi inson huquqlarini himoya qilishda yangi bosqich bo’ldi.
O’zbekiston parlamentga mustaqillik tufayli erishdi. Parlament tashkil qilinishida O’zbekiston Konstitutsiyasining 11-moddasi “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi printsipiga asoslanadi” ‑ qoidasiga to’la amal qilishga va Oliy Majlisning faoliyatini Konstitutsiyaviy asosda tartibga solishda alohida e’tibor berildi.
Konstitutsiyaning beshinchi bo’limidagi XXII bob “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi” – deb nomlanib, uning moddalari Oliy Majlis faoliyatini tartibga soladi.
Oliy Majlis – O’zbekiston O’zbekiston Respublikasi Parlamenti bo’lib, qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi. SHu bilan birga u oliy davlat vakillik organidir.
Konstitutsiyaning 76-moddasida “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi” – deyilgan.
Eng avvalo Oliy Majlis davlat organi. Uni davlat vakillik organi deb yuritilishining sababi, u xalq vakillaridan iborat.
Oliy Majlis ikki palatadan, Qonunchilik palatasi – quyi palata, Senat ‑ yuqori palatadan iborat.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling