Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
O’zbekiston Prezidenti faoliyatining kafolatlari
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
5. O’zbekiston Prezidenti faoliyatining kafolatlari
Prezident davlat va jamiyat hayotida eng muhim rol o’ynaydigan hokimiyat tizimida markaziy o’rinda turadigan lavozimdir. Prezident millat faxri, ramzi hisoblanadi. SHuning uchun Prezident o’z vakolatlarini samarali, hech qanday to’siqlarga uchramay, taziyqlardan holi olib borish uchun Konstitutsiya va qonunlarda Prezidentlik faoliyati alohida tartibda kafolatlari muhofaza qilinadi. Konstitutsiyaning 91-moddasi, “Prezident o’z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to’lanadigan lavozimini egallashi, vakillik organining deputati bo’lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin emas. Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.” – degan qoidani o’rnatish bilan Prezident faoliyatining muhofaza qilish asosini yaratgan. Barcha mamlakatlarda bo’lgani kabi, O’zbekistonda ham, 2003 yil 25 aprelda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to’g’risida” qonun qabul qilingan. U Prezident faoliyati uchun zarur tartiblar va kafolatlar yaratishni ko’zda tutadi. Qonunda Prezidentning dahilsizligi, uni muhofaza qilish (qo’riqlash), faoliyatini ta’minoti, uy-joi, tibbiy ta’minoti belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti daxlsizligi va immunitetiga egadir. Daxlsizlik uning turar joyiga, xizmat xonalariga, yukiga, shaxsiy va transport vositalariga, yozishmalariga, aloqa vositalariga, tegishli hujjatlariga tatbiq etiladi. O’zbekiston Prezidenti vakolatlarini bajarish bilan bog’liq harakatlar uchun jinoiy va boshqa turdagi javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Prezidentga nisbatan ushlab turish, so’roq qilish, tintuv yoki shaxsni ko’zdan kechirish mumkin emas. O’zbekiston Prezidentining xafsizligini ta’minlash qonun hujjatlarda belgilangan normativ va talablarga muvofiq O’zbekiston Milliy xafsizlik xizmatiga yuklanadi. Prezidentning qonuniy faoliyatiga to’sqinlik qilinishiga, shuningdek qadr-qimmatiga putr yetkazilishiga yo’l qo’yilmaydi, shunday holatlar sodir etilgan bo’lsa qonun bilan jazolanadi. Prezidentning mehnatiga haq to’lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Unga muddati o’ttiz olti kundan iborat yillik haq to’lanadigan ta’til beriladi. Prezident iste’foga chiqqach, umrbod Senat a’zosi bo’lib qoladi. Prezidentga Toshkent shahrida va Toshkent viloyatlarida qarorgohlar beriladi. Prezident aloqa vositalarining barcha turi bilan ta’minlanadi. Prezidentga avtotransport, shuningdek mamlakat ichkarisi va chet ellarga qilinadigan safarlar uchun samalyot va vertalyot ajratiladi. Prezidentga bepul tibbiy xizmat ko’rsatiladi va sanatoriya-kurortlarda davolanishi ta’minlanadi. Yuqorida qayd qilinganidek Prezident hayoti, sog’ligi, sha’ni qonun bilan alohida muhofaza qilinadi. Prezident hayoti, sog’ligi, sha’ni, obro’siga qarshi qilingan harakatlar uchun O’zbekiston Respublikasi Jinoyai Kodeksida jazolar belgilangan. Jinoyat kodeksining 158-moddasida bu masala quyidagicha hal qilingan: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hayotiga tajovuz qilish o’n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti badaniga qasddan shikast yetkazish besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shunngdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Prezident faoliyatining asosiy kafolati qoidalari EKS-Prezidentiga (Sobiq Prezident) va uning oila a’zolariga ham tatbiq qilinadi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling