Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


 O’zbekiston Prezidentining hokimiyat tizimidagi o’rni (Prezident maqomi


Download 1.28 Mb.
bet146/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

2. O’zbekiston Prezidentining hokimiyat tizimidagi o’rni (Prezident maqomi)

Davlatchilik tajribasida Prezident lavozimi keng qo’llaniladi. Ularning davlat hokimiyat tizimidagi o’rni, maqomi har xil. Prezident institutiga xos umumiy xususiyatlar bilan birga bir guruh davlatlarda yoki alohida davlatlarda Prezidentlikni o’ziga xos xususiyatlari ham mavjud.


Umuman Prezident maqomini, prezidentlik vakolatini vujudga kelishi va tugashi, vakolatlari, vazifasi, huquq va majburiyati (mas’uliyati), faoliyatining kafolatlari belgilaydi. Prezident maqomi u qanday vazifaga (davlat boshlig’i, ijro hokimiyat boshlig’i, xukumat boshlig’i) egaligiga bog’liq.
O’zbekistonda prezident instituti (lavozimi) joriy qilinar ekan. U yoki bu davlatga o’xshash uchun harakat qilishga, yoki prezidentlik eng yaxshi yo’lga qo’yilgan davlatlarni tajribasi shundayligicha olinmadi. Yoki Respublika prezidentlik respublikasi bo’ladi yoki parlamentar respublika bo’ladi degan maqsadlar qo’yilmadi.
Prezidentlik joriy qilinar ekan, shu lavozimdan foydalanib mustaqillikka erishish, uni saqlash, boshqa davlatlar bilan kelishaoladigan davlat qurish, insonni eng oliy qadriyat darajasiga ko’tarish va shu maqsadlar yo’lda mamlakatdagi bazi kuchlarni birlashtira oladigan, iqtisodiy bozor munosabatini tamoyillari asosida qura oladigan vosita sifatida Prezidentlik tanlandi.
2007 yil 11 apreldagi Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi qonunga asosan, Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritilib, uning 89-moddasi quyidagi tahrirda bayon qilindi. “O’zbekiston Republikasining Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishni ta’minlaydi”. Bu norma O’zbekiston Prezidentining davlat hokimiyati tizimidagi o’rnini, asosini, Prezident maqomini va Prezidentning eng asosiy vazifasini belgiladi.
SHunga asosan Prezident har qanday davlat hokimiyati tarmoqlaridan holi, ularni birortasi tarkibiga kirmaydi, shunday ekan hokimiyat bo’linishi printsipi unga ta’sir qilmaydi, lekin shu printsipni amal qilishini ta’minlaydi.
O’zbekiston Prezidenti faqat davlat boshlig’i qilib belgilangan, lekin uni huquqida shu maqomdagi boshqa davlat Prezidentlaridan katta farqi ham mavjud.
Prezident ijro hokimiyatiga boshchilik qilmasligi va faqat davlat boshlig’i maqomida bo’lishi, aslida parlamentar respublikaga xos xususiyat va ularda prezident parlament tomonidan yoki maxsus chaqirilgan organ tomonidan saylanadi.
O’zbekiston Prezidenti faqat davlat boshlig’i maqomiga ega bo’lsada, Konstitutsiyada unga keng vakolatlar berilgan, u siyosiy hayotda (amaliyotda) ham hal qiluvchi rolь o’ynaydi. O’zbekistonda Prezident hokimiyati mustaqil, u parlament tomonidan nazorat qilinmaydi, parlament oldida mas’ulligi yo’q. Prezident amaliyotda barcha hokimiyat tarmoqlaridan ustun turadi. Buning eng asosiy sabablaridan biri O’zbekiston Prezidenti xalq tomonidan saylanadi va xalqdan to’g’ridan-to’g’ri vakolat oladi.
Prezidentni barcha hokimiyat tarmoqlaridan ustun degan fikr quyidagilar bilan isbotlanadi.
Prezident davlat hokimiyat organlarini kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlash bilan cheklanmaydi. O’zbekiston Prezidenti qonunchilik, ijro, sud organlarini tashkil bo’lishiga, faoliyatiga turli yo’llar bilan ta’sir qiladi.
Qonunchilik hokimiyati – O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisini shakllanishiga Senatni bir qismi (16 ta senatorni) senatorlarni tayinlash va Senat raisi nomzodini taqdim etish bilan ta’sir qilsa, Prezidentning Konstitutsiya qonunlarda ko’zda tutilgan hollarda, Oliy Majlis faoliyatini, uni palatalarini tarqatib yuborish bilan to’xtatish vakolatini mavjudligi Prezidentning Qonunuchilik hokimiyatiga nisbatan ustivor mavqeini ko’rsatadi. Prezident vakillik hokimiyati hisoblanuvchi viloyat, Toshkent shahar, kengashlarini ham tarqatish yuborishi mumkin.
O’zbekiston Prezidenti ijro hokimiyatning Vazirlar Mahkamasining shakllantirish, viloyat hokimlarini (Toshkent shahar hokimligini ham) qonunga asosan tayinlash, lavozimdan ozod qilish, Vazirlar Mahkamasi tarkibini har qanday vaqtda o’zgartirish, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimlarining qarorlarini bekor qilishi orqali ijro hokimiyati faoliyatiga ta’sir o’tkazadi va bu yerda ham Prezidentning ijro hokimiyatiga nisbatan ustuvor maqomini ko’ramiz.
Prezident sudlov ishlariga aralashmagan holda barcha sud tarmoqlarining tashkil qilishda yuqori sudьyalarni nomzodini tavsiya qilishi bilan, quyi sudlarni tayinlash bilan ishtirok etadi. Bundan tashqari sud tomonidan jazolangan fuqarolarni avf etish huquqi Prezidentda mavjud.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling