Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


 O’zbekiston Prezidentini saylash tartibi


Download 1.28 Mb.
bet147/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

3. O’zbekiston Prezidentini saylash tartibi

Barcha mamlakatlarda prezident ma’lum muddatga saylab qo’yiladi. Saylov har xil bo’lishi mumkin. Masalan, ayrim davlatlarda Prezidentni parlament (xalq vakillari) saylaydi (Italiya, CHexiya, Polshada); ayrim mamlakatlarda faqat prezident saylash uchun maxsus anjuman chaqiriladi (Germaniyada); ayrim mamalakatlarda prezidentni saylovchilar vakili saylaydi (AQSHda); ayrim mamlakatlarda prezidentni bevosita xalq saylaydi (Frantsiya, Rossiya, Qozog’istonda). Demak prezident saylovida jahon tajribasida to’g’ridan-to’g’ri saylov yoki pog’onali saylov qo’llaniladi.


O’zbekistonda ham Prezidentni saylovchilar – ya’ni xalq umumiy, to’g’ri, teng saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylaydi.
To’g’ri saylov orqali prezident xalq tomonidan saylanganda u xalqdan vakolat oladi, boshqa xech qanday tuzilma oldida mas’ul bo’lmaydi. Undan tashqari to’g’ri saylov natijasida prezident saylangan mamalkatlarda prezidentning vakolatlari keng bo’ladi, boshqa hokimiyat tuzilmalariga ta’siri kuchli bo’ladi.
Prezidentlik instituti Konstitutsiyaviy huquqda, umuman jamiyat hayotida muhim institut hisoblanadi.
SHuning uchun Prezidentni saylashning asosiy holatlari, prezident vakolatlari, boshqa hokimiyat tuzulmalari bilan munosabatining asoslari Konstitutsiyada belgilangan. O’zbekiston Konstitustsiyasining 90-moddasiga asosan: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muhim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O’zbekiston Respublikasining Prezidenti bo’lishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O’zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi.
Konstitutsiyaning 117-moddasida Prezident saylovi (boshqa vakillik organlari kabi) uning vakolat muddati tugaydigan yilda dekabrь oyi uchinchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida o’tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovozberish yo’li bilan o’tkaziladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. SHuningdek Konstitutsiyaning bu moddasida har bir saylovchini bir ovozga ega ekanligi, uning xohish-irodasining bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanishi belgilab qo’yilgan.
Bundan tashqari Konstitutsiyaning 96-moddasida ham prezident sayloviga taalluqli holat mavjud. Unga ko’ra prezident o’z vazifasini betobligi tufayli bajara olmasligi tegishli komissiya xulosasi bilan tasdiqlangan vaqtida uch oy ichida saylov o’tkazish kerakligi belgilangan.
Konstitutsiyaning bu normalari Prezidentlik vakolat muddatini, Prezidenlikka saylanuviga nisbatan qo’yiladigan talablarni, saylov o’tkazish muddatini, saylov huquqi printsiplarini belgilangan holda prezident saylash tartibi Qonun bilan belgilanishini ko’rsatib qo’ygan.
Bunday qonun – 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”47gi qonundir. Bu qonun Konstitutsiya qabul qilinguncha qabul qilingan bo’lib, uni asosida 1991 yil dekabda O’zbekiston Prezidenti saylovi o’tkazilgan. Qonunga keyinchalik bir necha o’zgartirishlar kiritildi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling