3-masala.
“Konstitutsiyaviy huquq”ni 3 xil ma’noda tushunishda:
Birinchi guruh olimlari (X.Odilqoriev, I.Tulьteev, O’.Muhamedov): “Konstitutsiyaviy huquq – huquq tizimining yetakchi huquq sohasi, fan sohasi, o’quv kursi”, – deb ta’kidlaydilar;
Ikkinchi guruh olimlari (O.T.Xusanov): “Konstitutsiyaviy huquq – huquq tarmog’i, fan, fuqarolarning asosiy huquqi”, deb ta’kidlaydilar.
Savol:
Sizningcha, yuqoridagi ta’riflarning qaysi biri ideal ta’rif?
“Konstitutsiyaviy huquq” huquq tarmog’ining yetakchi sohasi ekanligini nimalar bilan izohlaysiz?
Sizningcha, “Konstitutsiyaviy huquq”ni qanday tushunish mumkin?
4-masala.
Birinchi guruh olimlari (X.Odilqoriev, I.Tulьteev, O’.Muhamedov): “Konstitutsiyaviy huquq – insonning jamiyat va davlatdagi mavqeini, ijtimoiy tuzum asoslarini, davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyat yuritishi, shuningdek fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalar tizimidir”, deb ta’riflaydi;
Ikkinchi guruh olimlari (A.Saidov, M.Rustamboev, A.To’laganov, F.Otaxonov va boshqalar): “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi – shaxs, jamiyat va davlat o’rtasida vujudga keladigan va davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida paydo bo’ladigan, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy huquqiy normalari tizimidir”, – deydilar.
Savol:
Yuqoridagi ta’riflardan qaysi biri ushbu fanga xos?
“Konstitutsiyaviy huquq” va “O’zbekiston Rsepublikasi Konstitutsiyaviy huquqi” atamalaridan qaysi birini qo’llash maqsadga muvofiq?
Sizning ushbu fanga qanday ta’rif berish mumkin?
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Namangan Davlat universiteti
Do'stlaringiz bilan baham: |