5.Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar
Fuqarolar, normal hayot kechirishi, tabiiy va ma’naviy boyliklardan foydalanishi, bilim olishi, mehnat qilishi, sog’ligini saqlash uchun tegishli imkoniyatlar bo’lishi shart. Bu imkoniyatlar davlat tomonidan yaratiladi va ulardan foydalanish uchun qonun doirasida huquqlar o’rnatiladi. Bunday huquqlarning asosiylari Konstitutsiyada belgilanadi.
Fuqarolarning mulkka egalik qilish, mehnat qilish, dam olish, nafaqa olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish, ilmiy va texnikaviy yutuqlardan foydalanish kabilarga bo’lgan huquqlari “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb belgilangan. Bu huquqlar davlat tomonidan o’rnatilib, davlatning iqtisodiy qudratini oshib borishi, imkoniyatlarini kengayishi natijasida kengayib boradi. Bu huquqdardan foydalanish orqali fuqarolar o’z yashash sharoitini o’zi ta’minlaydi. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bobi “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb atalib, uning alohida moddalarida belgilangan qoidalar, fuqarolarning turmush tarzini normal bo’lishini ko’zda tutadi.
A) Mulkdor bo’lish huquqi
Mulkdor bo’lish huquqiga O’zbekiston fuqarolari va mamlakatimizda yashovchi boshqa shaxslar, mustaqillik natijasida erishdi deb aytilsa xato bo’lmaydi. CHunki sobiq tuzum davrida qabul qilingan birorta Konstitutsiyada bunday huquq yo’q edi. CHunki sotsialistik tuzum umuman xususiy mulkni inkor etar edi. Mulk esa xususiy mulk bilan bevosita bog’liq.
Jamiyatdagi notenglikni xususiy mulkka ega bo’lish keltirib chiqaradi, mulk kishini kishi tomonidan ekspluatatsiya qilish, ezish sababi deb ko’rsatilar edi. Aslida esa mulkka ega bo’lish, mulkdor bo’lish, insonlarni erkinligini, har narsada o’z fikri bo’lishini ta’minlovchi vositadir.
SHuning uchun ham O’zbekiston mulk masalasiga, unga egalik qilish masalasiga boshqacha, aniqrog’i to’g’ri yondoshdi. Mamlakatda olib borilayotgan mulkdorlar “sinfini” shakllantirish siyosati ham, har bir kishini boyitish va u orqali mamlakatni iqtisodiy qudratini oshirishni ko’zlaydi.
Konstitutsiyaning 36-moddasida “Har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli.
Bankka qo’yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi” – deb belgilangan.
Bu moddadagi qoidalar birdaniga bir necha masalani hal qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |