Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


B) Mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlarda ishtirok etish huquqi


Download 1.28 Mb.
bet76/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

B) Mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlarda ishtirok etish huquqi.

Har qanday mamlakatning (jamiyatning) taraqqiyoti ham, tanazuli ham fuqarolar faoliyatiga bog’liq. Mamlakatda bo’layotgan siyosiy voqealarda, iqtisodiy jarayonlarda, xalqaro masalalarda fuqarolar kuzatuvchi sifatida emas, shu jarayonlarning ishtirokchisi sifatida o’z o’rnini topsa jamiyat rivojlanadi va bu rivojlanish fuqarolar taqdiriga ijobiy ta’sir qiladi. Demak fuqarolarning siyosiy faollik asosida jamiyat hayotida ishtirok etishi bu zaruratdir.


Fuqarolarning siyosiy faolligi ularga konstitutsiya va qonunlar asosida beriladigan va kafolatlangan siyosiy huquqlar orqali ta’minlanadi.
Fuqarolarning siyosiy faolligi, ularga berilgan ayrim huquqdar orqali amalga oshiriladi.
Jahon mamlakatlari tajribasida fuqarolarning jamiyat va davlat taraqqiyotiga ta’siri turli shakllarda amalga oshiriladi. Fuqarolar voqea-hodisalarga ta’sir etuvchi vositalarga erishish uchun o’zoq vaqtlar kurash olib borishgan, natijada ularga miting, namoyish, yig’ilish o’tkazish huquqi berilgan.
O’zbekiston Konstitutsiyasida ham demokratiyani ajralmas xususiyatlaridan bo’lgan va fuqarolar faoliyatini ta’minlovchi miting, namoyish, yig’ilish o’tkazish huquqi mustahkamlab qo’yilgan. 33-moddada “Fuqarolar o’z ijtimoiy faolliklarini O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xafvsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o’tkazilishini to’xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega” deb belgilangan.
SHu moddani mazmuniga e’tibor bersak, birinchidan, miting, yig’ilish, namoyish fuqarolarning ijtimoiy faolligini namoyon qilish usullari hisoblanadi. Ikkinchidan, mitinglar, yig’ilishlar, namoyishlar faqat qonunga asosan o’tkaziladi.
Miting, yig’ilish, namoyishlar o’tkazish natijasida boshqa kishilarning, fuqarolarning manfaati, huquqi buzilmasligi kerak. Masalan, shunday tadbirlar o’tkazilishi natijasida transport harakati to’xtab qolsa yoki fuqarolar o’zlari uchun zarur mashg’ulotlar bilan shug’ullanish imkoniyatidan mahrum bo’lsa buni boshqa fuqarolarning manfaatiga zarar keltiruvchi harakat deb qarash mumkin.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling