Konstitutsiyada belgilangan burchlarni bajarish. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish
Konstitutsiyada belgilab kuyilgan har qanday burch fuqarolar uchun bajarilishi shart bo’lgan majburiyatdir. 47-moddada “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab kuyilgan burchlarni bajaradilar” - deb belgilangan qoida Konstitutsiyaviy burchlarning bajarilishi shart ekanligini ko’rsatib, barcha Konstitutsiyaviy burchlarning bajarilishini ta’minlashga karatilgan umumiy va rahbariy qoida hisoblanadi. 48-moddada esa bu burch yanada aniqlashtirilgan va doirasi kengaytirilgan. Unga asosan “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.”
Demak bu birinchidan, har bir fuqaro nafaqat Konstitutsiyaga balki barcha qonunlarga rioya etishga majbur. Bu qonuniylik printsipini mazmun va mohiyatiga mos kelib, ana shu printsipni amalga oshishini ta’minlashni nazarda tutadi. Ikkinchidan, har bir kishi-fuqaro boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir. SHaxs va fuqarolarning huquqiy holatiga taalluqli Konstitutsiya normalarida ham, fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart deyilgan qoida mavjud (Konstitutsiyaning 20-moddasi).
Tapxiy, ma’naviy va madaniy meroslarni avaylab saqlash
Mamlakatni boyligi faqat iqtisodiy boyliklardan iborat emas. O’zbekiston o’zining tarixiy yodgorliklari, ma’naviy va madaniy merosi bilan olamga mashhur.
Tarixiy yodgorliklarni asrab avaylab kelajakka yetkazish orqali avlodlarga o’tgan zamondagi madaniyat, qudrat, aql-zakovat mevalari taqdim qilinadi.
Ma’naviy-madaniy meroslar orqali xalqimiz o’zligini anglaydi, ularni mevasidan bahramand bo’ladi.
O’zbekiston tarixiy yodgorliklarga boy va ma’naviy-madaniy qadriyatlar kuchli shakllangan mamlakat. SHuning uchun ularni yanada yaxshiroq saqlash va kelajakka taqdim qilish maqsadida, Konstitutsiyaning 49-moddasida “Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar” degan Konstitutsiyaviy burch yuklangan.
Konstitutsiyaning 49-moddasida ko’rsatilgan boyliklarni saqlashni ta’minlash maqsadida, mamlakatimizda yetarli huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Bunga 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida”, “Moddiy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to’g’risida” qonunlarni ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |