Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi


Download 1.28 Mb.
bet83/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi


Avval aytilganidek Konstitutsiyaning 18-moddasi fuqarolarning jinsidan qat’iy nazar qonun oldida tengligini o’rnatgan bo’lsa, Konstitutsiyaning 46-moddasi “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqdidirlar” - deb umuman ularning barcha sohada, munosabatda tengligini kafolatlaydi.
Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqligini amalda ta’minlash maqsadida ko’plab huquqiy hujjatlar qabul qilingan va tadbirlar belgilangan.
Bular bir tomondan ayollarga bilim olish, kasb egallash, mehnat qilish, mehnatiga haq to’lashda, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishlari uchun erkaklar bilan teng imkoniyatlar yaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, ayollarni oiladagi o’rni, jismoniy imkoniyatlari hisobga olinib, ularning mehnat qilishi, sog’ligini saqlashi uchun qulay sharoitlar va imtiyozlar belgilanishida ko’rinadi.
Ikki narsa, bir tomondan teng imkoniyatlar, ikkinchi tomondan ayollarga qo’shimcha sharoit va imtiyozlar yaratilish bilan ayollarning teng huquqdshshgi ta’minlanmovda.
Ayollarga bilim olish, mehnat qilish, siyosiy hayotda ishtirok etish huquqi, imkoniyati berilib, bu huquqlarni amalga oshishi uchun qo’shimcha imtiyozlar berilmasa bunday teng huquqlilik ayollarga foyda keltirishdan ko’ra, ularni qiynab qo’yadi.
Davlatimiz ayollarni davlatni boshqarish ishlarida ko’proq ishtirokini ta’minlash, rahbar lavozimlariga jalb qilish uchun ham tegishli imtiyozlar yaratmoqda. Saylov qonunchiligiga o’zgartirish kiritilib, siyosiy partiyalardan ko’rsatilayotgan nomzodlarni kamida 30% foizi ayollardan bo’lishini belgilanishi munosabati bilan vakillik organlari tarkibini ma’lum qismini ayol deputatlar tashkil etdi. Qonunchilik palatasi Spikeri, Senat raisi o’rinbosari ayol ekanligi, qo’mitalarning raislari orasida, hukumat tarkibida ayollar mavjudligi ayollar bilan erkaklar teng huquqliligini kafolati natijasidir.

  1. Fuqarolarning asosiy burchlari

Davlatda fuqarolarning huquqiy holati faqat ularning huquqlari mavjudligi bilan aniqlanmasdan, ularning aniq belgilangan burchlari mavjudligi bilan ham belgilanadi.


Burch ijtimoiy hayotda zarur kategoriyadir. Ayniksa fuqaro va davlat munosabatlarini tug’ri tashkil etishda, manfaatlar mushtarakligini ta’minlashda burch zarur bo’lib, u davlatda ham fuqarolarda ham bo’ladi. Mamlakatda jamiyat, fuqarolar, davlat manfaatidan kelib chiqib burchlar o’rnatiladi. Bu yerda fuqarolarning burchi aniqrog’i asosiy burchi to’g’risida fikr yuritamiz.
Mamlakat qonunlarida fuqarolarning burchlari o’rnatilib, ular fuqarolarning huquqlarini buzilmasligi, davlat manfaatlariga ziyon yetmasligi nuqtai nazaridan belgilanadi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling