Ommaviy axborot vositalari faoliyatida tsenzuraga yo’l qo’yilmasligi
O’zbekiston Konstitutsiyasining 29-moddasida so’z va axborot erkinligi mustahkamlab qo’yilishi bilan birga, axborot olish va tarqatishda ayrim cheklashlar bo’lishini ham belgilab qo’yilgan. Unga asosan faqat konstitutsiyaviy tuzumga qarshi axborotlarni cheklash mumkin. SHuningdek davlat siriga taalluqli cheklashlar ham bo’lishligi belgilanadi.
Mamlakatimizda maxsus “Davlat sirlarini saqlash to’g’risida”gi qonun amal qilib , unda “Davlat tomonidan qo’llaniladigan va maxsus ro’yxatlar bilan chegaralab qo’yilgan alohida axamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o’zga ma’lumotlr O’zbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi” – bunday malumotlarni oshkor qilishga hech qanday jurnalist, ommaviy axborot vositalari haqli emas.
Konstitutsiyasining 67-moddasida “TSenzuraga yo’l qo’yilmaydi” – degan qoida mavjud. TSenzura ma’lumotlarni elon qilingunga qadar o’qish, uni tarqatish, qo’shimcha kiritish, yoki umuman nashr qilishni cheklashdir. Ommaviy axborot vositalarida qilinayotgan ma’lumotlarda davlat siriga zid, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi ma’lumotlar bo’lmasa, ularni o’zgartirish, qo’shimcha kiritish, ayrim larini olib tashlashga yo’l qo’yilmaydi degan qodia shu ma’noni beradi.
Ommaviy axborot vositalarida tsenzuraga yo’l qo’yilmasligi qoidasini konstitutsiyaga kiritilishi sababi, avvalgi tuzum(sovet tuzumi)da ommaviy axborot vositalari nashriy faoliyati nihoyatda tsenzuralashgan, hech qanday ma’lumot avvaldan o’qib chiqmasdan, tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritmasdan, ayrim joylari olib tashlanmasdan nashr qilinmas edi.
TSenzura ommaviy axborot vositalarining erkinligini, umuman so’z, fikr erkinligi cheklovchi kuchli vosita edi. Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalari faoliyatida tsenzuraga yo’l qo’yilmasligining belgilovchi qoidani kiritilganligi, ommaviy axborot vositalarini erkinligi, umuman jamiyatda so’z, fikrlash erkinligini ro’yobga chiqaruvchi, ta’minlovchi muhim shart hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |