4-masala.
“Tarnov” MFY faollari qishloq hududida joylashgan masjiddan foydalanishga ruxsat berishini so’rab tuman hokimligiga murojaat qildi. Tuman hokimiyati qishloq aholisining ehtiyojini inobatga olib, undan diniy ibodat uchun foydalanishga ruxsat berdi. Biroq oradan ko’p o’tmasdan viloyat adliya boshqarmasi tuman hokimining qarorini bekor qilgan holda ushbu masjiddan foydalanishni taqiqladi.
Savol:
Tuman hokimining harakatlari qonuniymi?
Viloyat adliya boshqarmasi tuman hokimining qarori bekor qilishga haqlimi?
Masjiddan foydalanishni to’xtatishga huquqiy asos mavjudmi?
Masjiddan foydalanish tartibi qanday?
5-masala.
Bir guruh shaxslar “Millat taraqqiyoti” sotsial-demokratik partiyasi tuzishga qaror qildi. Belgilangan tartibda yuqori organning qarorini qabul qilishdi, o’n to’rtta hududiy birlikda istiqomat qiluvchi o’zbeklarning ellik mingdan ziyod imzosini yig’ib kelishdi. Biroq Adliya vazirligi ushbu partiyani davlat ro’yxatiga olmadi. Aksincha, uning faoliyatini taqiqladi.
Savol:
Adliya vazirligining harakatlari qonuniymi?
Siyosiy partiya tuzish uchun qanday talablar qo’yilgan?
Nega ushbu partiyaning faoliyati taqiqlandi?
Oilaning konstitutsiyaviy asoslari
1-masala
Fuqaro J. fuqaro T. bilan o’zaro nikoh tuzish uchun FHDYo bo’limiga murojaat qildi. FHDYo bo’limi mudirasi ularning ism sharifidan shubhalangan holda ichki tekshiruv o’tkazdi va uning natijasiga asoslanib, bir otaning farzandlari sifatida nikohni rad etdi. Ular bu haqda endi xabardor bo’lgan holda onasi boshqa ekanligini keltirib nikohni ro’yxatdan o’tkazishni talab qildi.
Savol:
FHDYo mudirasining harakatlariga baho bering?
Fuqaro J. va T.ning e’tirozlari o’rinlimi?
Tomonlar o’rtasida nikoh tuzilishi qonuniymi?
O’gay aka-singillar o’rtasida nikoh tuzish mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |