Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet113/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Jamoat birlashmalari
1-masala
Samarqand viloyati Samarqand tumani “Qamchinon” MFY hududidagi masjid huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan foydalanish taqiqlab qo’yildi. MFY faollari mahallada yashovchi jami 87 kishining imzosi bilan viloyat prokuraturasiga ushbu masjidni foydalanishga ruxsat berish uchun murojaat qildi. Biroq prokuratura ushbu murojaatni ko’rib chiqishni rad etdi.
Savol:

  1. Ushbu holatda huquq tartibot idoralarining masjidni tugatish to’g’risidagi qarori qonuniymi?

  2. Fuqarolarning murojaati to’g’rimi?

  3. Fuqarolar murojaatining zarur tarkibiy belgilaridan qaysi biri yetarli emas?

  4. Bunday masalalar qaysi organ tomonidan ko’rib chiqiladi

2-masala.
Farg’ona tumani hokimi belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan tuman “Yosh rassomlar” klubini tarqatib yubordi va uning faoliyati bevosita Konstitutsiyada ko’rsatilmagani ta’kidlab, uning faoliyatini taqiqlab qo’yish to’g’risida qaror chiqardi. O’z navbatida, klubning bir guruh yetakchi a’zolari viloyat hokimligiga tuman hokimining qarorini bekor qilish va klub faoliyatini qayta tashkil etishga ruxsat berishini so’rab murojaat qildi.
Savol:

  1. Ushbu vaziyatda tuman hokimining qaroriga huquqiy baho bering?

  2. Klubning faoliyati haqiqatdan ham konstitutsiyaga zidmi?

  3. Yoshlarning ushbu klub faoliyatini qayta tashkil etish to’g’risidagi talabi o’rinlimi?

  4. Viloyat hokimligi ushbu klub faoliyatini qatadan tashkil etishga ruxsat berishga haqlimi?

3-masala.
Toshkent shahrida adliya boshqarmasidan ro’yxatdan o’tgan “Yosh qalamkash” yozuvchi yoshlar ijodiy uyushmasi Farg’ona, Andijon, Sirdaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida o’zining filiallarni ochmoqchi bo’ldi. Biroq ushbu viloyatning mutasaddilari bu hududdua ushbu uyushmaning faoliyatiga yo’l qo’yilmasligini aytib, faoliyatni taqiqladi. Uyushma rahbarlari ushbu holatni bartaraf etish maqsadida sudga murojaat qildi.
Savol:

  1. Yosh qalamkash” ijodiy uyushmasi qanday jamaot birlashmasi?

  2. Nega uning filial ochishiga qarshilik qilinmoqda?

  3. Ushbu viloyatlarning mutasaddi rahbarlarining xatti-harakatlari qonuniymi?

  4. Ijodiy uyushma rahbarlarining tutgan yo’li to’g’rimi? Bunday vaziyatdan qanday yo’l tutish lozim?


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling